Ikki shahodat kalimalari va ularning ma’nolari hamda ular talab qilgan narsalar
Бу материал ... таржима қилинган
Категориялар
Манба
Full Description
- Ikki shahodat
kalimalari va ularning ma'nolari hamda ular talab qilgan narsalar
- Muqaddima
- Birinchi fasl: Ikki shahodat kalimasining fazilati haqida
- Ikkinchi fasl: Ikki shahodat kalimasi uchun mujodala qilish va ularni hayotga tatbiq qilishning farzligi haqida
- Uchinchi fasl: "Laа ilaha illalloh" (Allohdan boshqa haq iloh yo'q) jumlasining ma'nosi haqida.
- To'rtinchi fasl: "Muhammad Allohning elchisidir" deya guvohlik berish ma'nosi haqida.
Ikki shahodat kalimalari va ularning ma'nolari hamda ular talab qilgan narsalar
Muallif:Muhtaram shayx allomaAbdulloh ibn Abdurrahmon ibn JibriynAlloh uni salomat qilsin!
Muqaddima
Kamolot bilan yakto, buyuklik sifatlari bilan tanho bo'lgan Allohga hamdu sanolar bo'lsin. Men "Butun tengdosh va o'xshashlardan oliy bo'lgan sheriksiz, tanho Allohdan boshqa haq iloh yo'q ekaniga, Robbisi sharafli xususiyatlar bilan imtiyozli qilgan Muhammad ibn Abdulloh Allohning bandasi va elchisi ekaniga guvohlik beraman. Alloh taolo unga, uning Qur'on va sunnat ta'limotlariga ergashgan va itoat qilgan oilasi va ashoblariga salavotu salomlar yog'dirsin.
Ammo ba'd:
Ikki shahodat kalimasini talaffuz qilish va ularning taqozosi bilan amal qilish, Islom dinining asosiy rukni, da'vat ummati (ya'ni, islomni qabul qilmaganlar)ning asosiy qismi ulardan maqsad nima ekanini bilmagani va undan maqsad ularni tanimay va amal qilmay quruqqina tilga olish deb tushungani, ularning ma'nolariga zid narsalarni ochiqlayotganlarning bo'lgani bois, men bu haqida yaxshi niyatli odamlar foydalanishlari umidida maqola yozishni xohladim. Bu maqola olti faslni o'z ichiga oladi:
Birinchi fasl: Ikki shahodat kalimasining fazilati haqida
Ikkinchi fasl: Ikki shahodat kalimasi uchun mujodala qilish va ularni hayotga tatbiq qilishning farzligi haqida
Uchinchi fasl: "La ilaha illalloh" (Allohdan boshqa haq iloh yo'q) jumlasining ma'nosi haqida
To'rtinchi fasl: "Muhammad Allohning elchisidir" deya guvohlik berish ma'nosi haqida
Beshinchi fasl: Ikki shahodat kalimalarining shartlari haqida
Oltinchi fasl: Ikki shahodat kalimalarini buzuvchi narsalar haqida
Birinchi fasl: Ikki shahodat kalimasining fazilati haqida
O'quvchi hadis va sunnat kitoblarida ikki shahodat kalimasining fazilatlari, ularni amalga oshirgan kimsaning jannat va Allohning rizosiga erishishi, Allohning azobi va g'azabidan qutulib, baxtiyor bo'lishi bilan mujdalanganini ko'plab topishi mumkin. Shulardan biri, Uboda ibn Somit raziyallohu anhu rivoyat qilgan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ushbu hadislaridir:""Sheriksiz, yagona Allohdan boshqa iloh yo'q, Muhammad Allohning bandasi va elchisidir; Iyso Allohning quli, elchisi, Maryamga tushirgan so'zi va Undan bo'lgan ruhdir; jannat va jahannam haqiqatdir", deya guvohlik bergan kimsani, Alloh qilgan amaliga ko'ra jannatga kiritadi (ya'ni, hisob-kitobsiz yoki hisob-kitob bilan yoda gunohiga yarasha do'zaxda qolganidan so'ng, jannatga kiritadi)"(Muttafaqun alayh). Boshqa bir rivoyatda shunday dedilar:"Alloh uni jannatning sakkiz darvozasidan xohlaganidan kiritadi".Imom Muslimning "Sahih"i va boshqa hadislar devonida Usmon raziyallohu anhudan marfu'an ushbu hadis naql qilingan:"Allohdan boshqa iloh yo'q ekanini bilib olamdan o'tgan odam, jannatga kiradi".Abu Hurayra raziyallohu anhu aytdi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:"Allohdan o'zga haq iloh yoqligiga va mening Allohning rasuli ekanimga guvohlik berib, bu ikkisi ila ularga shak-shubha qilmagan holda Allohga yo'liqqan banda, albatta jannatga kiradi".Uboda ibn Somit raziyallohu anhu aytdi: Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitganman:"Alloh "Allohdan boshqa haq iloh yo'q va Muhammad Allohning elchisi" ekaniga guvohlik bergan kimsaga jahannamni harom qildi".Anas ibn Molik raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Muoz ibn Jabal raziyallohu anhuga aytdilar:"Alloh "Allohdan boshqa haq iloh yo'q va Muhammad Allohning bandasi va elchisi" ekaniga guvohlik bergan har qanday bandani, albatta jahannamga harom qildi".Utbon ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qilgan uzun hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:"Shubhasiz, Alloh jahannamga Allohning Yuzini maqsad qilib "Allohdan boshqa haq iloh yo'q", degan kimsani harom qildi".Bu nususlarning bari "Sahihayn"da yoki ikkisidan birida kelgan. Ularning bu ikki kalimaga shahodat berishning fazilatiga dalolati ochiq-oydindir. Ya'ni ular jannatga kirish, unung sakkiz eshigining ochilishi va do'zaxga harom qilinishga sabab bo'lishiga ochiq dalolat qiladi. Shuningdek, ular do'zaxdan ozod qilinishga sabab bo'ladi, u zot sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:"Kim tong otganda va kech kirganda: "Ey Alloh, shubhasiz men tongga yetdim. Men Seni, arshingni ko'tarib turuvchilarni, payg'ambarlaringni, maloikalaringni va butun maxluqotingni guvoh qilib aytaman-ki: Sen O'zingdan o'zga hech bir iloh bo'lmagan Allohdirsan va Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) Sening bandang hamda Rasulingdir", deb aytsa, Alloh uning to'rtdan bir qismini do'zaxdan ozod qiladi. Kim uni iki marta aytsa, Alloh uning yarmini do'zaxdan ozod qiladi. Uch marta aytgan kimsaning to'rtdan uchini, to'rt marta aytgan kishining esa butun vujudini do'zaxdan ozod qiladi"(Termiziy va Abu Dovud Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilganlar). Yana shuningdek, bu kalimaning fazilatlaridan uning hamma gunohlarga, hatto butun maxluqotlarga, Alloh xohlagani mustasno, og'ir kelishi aytiladi. Ibn Hibbon va Hokim Abu Said Xudriy raziyallohu anhudan rivoyat qilgan, Hokim sahih degan hadisda, Rasululloh sollalohu alayhi va sallam shunday deganlar:"Muso (alayhissalom): “Ey Robbim, u bilan Seni yod etib, duo qilajagim narsani menga o'rgatgin", dedi. ﷻ zot (subhonahu va taolo) dedi: “Laa ilaaha illalloh", deb ayt, dedi. Muso: “Ey Robbim, bandalaringning hammasi buni aytadilar-ku?!", dedi. (Boshqa bir rivoyatda: "Sendan o'zga haq iloh yo'q, balki men biron narsani o'zimga xos qilib berishingni istayapman", dedi.) ﷻ zot: “Ey Muso, yetti osmon va Mendan boshqa u yerda yashovchilar hamda yetti (qavat) Yer (tarozining) bir pallasida bo'lsa, “Laa ilaaha illalloh" (kalimasi) ikkinchi pallasida bo'lsa, “Laa ilaaha illalloh" (kalimasi turgan palla) ular (ya'ni, osmonlaru yer turgan palla)ni bosib ketadi".Imom Ahmad Abdulloh ibn Amr (raziyallohu anhu)dan rivoyat qildi, Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qildilar:"Nuh alayhissalom o'limi oldidan o'g'liga shunday dedi: Seni "Laa ilaha illalloh" (kalimasini aytib, unga amal qilishing)ga buyuraman, zero yetti osmon va yetti (qavat) Yer (tarozining) bir pallasiga qo'yilsa, “Laa ilaaha illalloh" (kalimasi) ikkinchi pallasiga qo'ylsa, “Laa ilaaha illalloh" (kalimasi turgan palla) ular (ya'ni, osmonlaru Yer turgan palla)ni bosib ketadi. Agar yetti osmon va yetti (qavat) Yer bir butun halqa bo'lsa, hech shubhasiz, "Laa ilaaha illalloh" (kalimasi) ularni ajratib yuborgan bo'lardi".Termiziy va boshqalar Abdulloh ibn Amrdan qiyomat kuni chorlanadigan bitoqa (bir parcha qog'oz) sohibi hadisini rivoyat qildilar:(Qiyomat kuni) bir kishi uchun to'qson to'qqizta sijilni (ya'ni, gunohlar kitobi, bitigi) ochiladi. So'ngra unga bir bitoqani (bir parcha qog'ozni) chiqarib beriladi. Unda: "Ashhadu an laa ilaha illalloh va anna Muhammadan abduhu va rasuluhu", (deb yozilgan) bo'ladi. So'ng (gunohlar) kitoblar(i)ni bir pallaga, bitoqani ikkinchi pallaga qo'yiladi. Shunda kitoblar yengil kelib, bitoqa og'ir keladi.
Siz bu sahih nususlardan ko'ryapsiz-ki, bu kalima egalari najot va yutuqqa erishmoqdalar. Biroq uni ro'yobga chiqarish va taqozolariga amal qilish lozim. Zero, ushbu mutlaq kelgan dalillar ikki shahodat kalimasini amal va sulukka ta'siri bo'ladigan ixlos va sadoqat bilan amalga oshirilishiga qayd qilingan boshqa rivoyatlar bilan tushuniladi.
Ikkinchi fasl: Ikki shahodat kalimasi uchun mujodala qilish va ularni hayotga tatbiq qilishning farzligi haqida
Ikki sahih hadislar devonida Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:"Insonlar: "Laa ilaha illalloh", demagunlariga qadar ular bilan jang qilishga buyurildim. Kimda-kim: "Laa ilaha illalloh", desa, mendan moli-yu jonini omonda saqlabdi. Faqat ularning haqqi bundan mustasno. Uning hisob-kitobi esa Alloh azza va jallaga havoladir". Imom Muslimning rivoyatida esa, shunday dedilar:"hatto "Laa ilaha illalloh", deb guvohlik berib, menga va men olib kelgan narsa (Qur'on va shariat)ga iymon keltirmagunlaricha ular bilan jang qilishga buyurildim".Ikki sahih hadislar devonida Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:"Insonlar "Allohdan o'zga haq iloh yo'q va Muhammad Uning Rasulidir" deb guvohlik berib, namozni ado etmagunlaricha va zakotni bermagunlaricha, ular bilan jang qilishga buyurildim. Agar odamlar yuqoridagilarga amal qilsalar, mendan qonlari va mollarini omon saqlagan bo'ladilar. Faqat Islom haqqi bundan mustasno. Ularning hisob-kitobi esa Alloh taologa havoladir"."Sahih" hadislar devonida Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:"Odamlar (ya'ni, mushriklar) "Allohdan o'zga haq iloh yo'q va Muhammad Uning Rasulidir", deb guvohlik bermagunlaricha, ular bilan jang qilishga buyurildim. Agar ular "Allohdan o'zga haq iloh yo'q va Muhammad Uning Rasulidir", deb guvohlik bersalar, namozimizni o'qib, qiblamizga yuzlansalar va so'ygan jonliqlarimizdan yesalar, darhaqiqat, bizga ularning qonlari-yu mollari haromdir, faqat haqqi bilan halol bo'lishi mumkin".Bu boradagi hadislar ko'pdir. Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam ham har bir kishining musulmonligini ikki shahodat kalimasini aytganidan keyin qabul qilar edilar. Muarrixlar Abu Zar G'iforiy raziyallohu anhuning musulmon bo'lish qissasini zikr qilganlar. ﷻ aytdi:Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga kelib, "Assalamu alayka ya Rasulalloh, Ahhadu an laa ilaha illalloh va anna Muhammadar rasululloh" (Allohdan o'zga haq iloh yo'q va Muhammad Allohning elchisidir, deb guvohlik beraman), dedim". Gapida davom etib dedi: "O'shanda u zotning yuzidagi tabassumni ko'rdim".Shuningdek, muarrixlarning aytishlaricha, Xolid ibn Valid musulmon bo'lish uchun Madinaga borib, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam oldilariga kelib, shunday deydi:Ul zotga salom berdim va: "Albatta men, Allohdan o'zga haq iloh yo'qligiga va sizning Allohning rasuli ekaningizga guvohlik beraman", dedim. Shunda ul zot: "Seni hidoyatlagan Allohga hamd bo'lsin", dedilar.Shuningdek, Xolid ibn Said ibn Os raziyallohu anhu qissasini zikr qilganlar. ﷻ Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan uchrashib,shunday dedi: "Siz nimaga chaqirmoqdasiz?". Ul zot dedilar: "Seni sherigi bo'lmagan, yakto Allohga va Muhammad Uning bandasi va Rasuli (deb tan olishing)ga da'vat qilaman, yana eshitmaydigan, ko'rmaydigan va foyda berolmaydigan hamda o'ziga ibodat qilgan bilan ibodat qilmaganni bilmaydigan tosh (butlar)ga ibodat qilishdan voz kechishingga chaqiraman". Xolid dedi: "Bas, albatta men, Allohdan o'zga haq iloh yo'qligiga va sizning Allohning rasuli ekaningizga guvohlik beraman".Bu va shunga o'xshagan qissalar ikki shahodat kalimalarini nutq qilish, Islomning qabul bo'lish sharti ekanligini ko'rsatadi. Shunday ekan, kimda-kim ularni nutq qilsa, ushbu Dinga kiradi va u sababli qoni-yu moli (halol qilinishdan) himoya qilinadi va uni o'ldirishlik harom bo'ladi. Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam bu kalimani talaffuz qilgan kishini o'ldirgan Usoma (raziyallohu anhumoning qilgan ishi)ni inkor qildilar. Imom Muslimning "Sahih"i va boshqa hadis kitoblarida kelishicha, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam Usomani bir qo'shinga bosh qilib jo'natdilar. Usoma aytadi:(Jang asnosida) bir kishiga duch keldim, u: "Laa ilaha illalloh", dedi. Men esa, unga (qilich) sanchdim. So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "ﷻ: "Laa ilaha illalloh", desa ham uni o'ldirdingmi?", dedilar. Men: "Ey Allohning rasuli, u uni quroldan (o'lishdan) qo'rqibgina aytdi", dedim. Ul zot sollallohu alayhi va sallam: "Uning qalbini yorib ko'rdingmi?!", dedilar."Sahih"da kelgan Jundub ibn Bajaliyning hadisida zikr qilinishicha:Usoma dedi: "Ey Allohning rasuli, u musulmonlarga azob chektirdi va falonchi va pismadonchini o'ldirdi, qachonki men unga hujum qilganimda, qilichni ko'rgandan keyin, "Allohdan o'zga haq iloh yo'q", dedi". Ul zot sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Qiyomat kuni "Laa ilaha illalloh" (bu ishing uchun sen bilan hujjatlashgani) kelsa, uni nima qilasan?!".Ibn Abbos (raziyallohu anhumo)ning hadisida kelishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam Muoz (raziyallohu anhu)ni Yamanga jo'nataturib, unga shunday dedilar:"Ularni dastlab “Allohdan o'zga haq iloh yo'qligiga va mening Allohning rasuli ekanligimga", guvohlik berishga chorlang"(Muttafaqun alayh). Bu ma'nodagi ko'pgina hadislar shuni ifodayladi: Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam o'z zamonlaridagi odamlarning ushbu ikki shahodat kalimalarini talaffuz qilishlariga kifoyalanardilar, chunki kimki u (ikki shahodat kalima)larni talaffuz qilsa, ular dalolat qilgan narsalarga amal qilar, ular lozim qilgan narsalarni — Allohga va Rasuliga itoat qilishni va barcha ibodat turlarini amalga oshirar, Alloh azza va jallani yagona deb bilib, shirk odatlarini tashlar edi. Bu esa "Allohdan o'zga haq iloh yo'q", so'zining ma'nosini o'z ichiga oladi, xuddi shuningdek, "Muhammad Allohning rasuli", degan so'zning o'zini aytgan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga itoat qilib, ul zotga ergashishni o'ziga lozim qilardi. Bunga sabab, o'sha qavm shahodatning va iloh (so'zi)ning ma'nosini, shahodat kalimasining inkor va isbotdan iborat ekanini yaxshi tushunadigan va biladigan fasohatli arablar bo'lganidir. Shuning uchun, ularga bu kalimani talqin qilishga ko'p vaqt ketmadi. Demak, bu shahodatni talaffuz qilgan kishining najot topishining sharti, uning ma'nosini bilishi va u taqozo qilgan oshkor (zohiriy) va yashirin (qalb) amallariga amal qilishidir. Alloh taolo dedi:"Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Allohdan boshqa hech qanday iloh yo'q ekanligini biling!"(Muhammad: 19).Alloh azza va jalla dedi:"magar o'zlari bilgan hollarida haq guvohlik bergan (ya'ni, "Hech qanday iloh yo'q, magar yolg'iz Allohgina bor ekanligiga guvohlik beraman", degan) kishilargina (Allohning izni irodasi bilan shafoat qilishga qodir bo'lurlar)"(Zuxruf: 86).
Shahodatning ma'nosini bilish shart ekanligini bayon qilgan bundan boshqa oyatlar ham bor. Demak, mushriklardan ikki shahodat kalimalarini zohiran (til bilan) aytgan kimsani tek qo'yish shart ekan. Uning keltirgan shahodati uni sinab ko'rilguncha va bundan keyingi ishiga nazar solinguncha uni o'limdan saqlab turadi. Agar u dinda ustivor bo'lib, tavhidga amal qilsa va Islom ta'limotlariga rioya etsa, bu uning haqiqiy musulmon bo'lganini ko'rsatadi va musulmonlar zimmasidagi butun haq-huquqlar va majburiyatlar unga ham tegishli bo'ladi. Bordi-yu, guvohlik bergan narsasining taqozosiga xilof qilsa, yoki zimmasidagi majburiyatlardan ayrimlarini inkor va rad qilish bilan tark etsa, yoda harom ekanligi ochiq-ravshan bo'lgan harom narsalarni halol sanasa, bu kalima uni himoya qilmaydi (ya'ni, u musulmon sanalmaydi).
Bu narsa bugungi kunimizdagi ko'pchilik: (ayrim) olimlar va omma xalq, bilmaydigan kishilar va taqlid qiluvchilarda ko'rilmoqda. Oxirgi zamonlarda ko'pchilik avom odamlarning aqidalari buzildi, dinni va ikki shahodat kalimalarini, hatto arab tili ma'nolarini tamoman bilmaydigan bilmasvoylar paydo bo'ldi. Natijada odamlarning ulkan qismi ikki shahodat kalimalarining ma'nolarini bilmaydigan, uni buzuvchi narsalarni ochiqchasiga qiladigan, uni talaffuz qilishning o'zi ajr va hasanot keltiradi, og'zidan chiqqan ushbu harflarni ularning ma'nolarini bilmay va majburiyatlariga amal qilmay, quruq takrorlash bilan qonu molning himoyasi yuzaga keladi, deb e'tiqod qiladigan bo'lganiga hech ajablanmasa ham bo'ladi. Mana shu sababdan ham biz ushbu ikki shahodat kalimalarining ma'nosiga xilof qilib, ularni talaffuz qilish bilan kifoyalangan va bu bilan o'zini tavhidda komil musulmon deb hisoblaydiganlarga hujjatni qoim qilish maqsadida tavhid kalimasining ma'nolari haqida so'z yuritishga muhtojmiz.
Uchinchi fasl: "Laа ilaha illalloh" (Allohdan boshqa haq iloh yo'q) jumlasining ma'nosi haqida.
Darhaqiqat, da'vat imomlari (Alloh ularni rahmat qilsin), tavhid kalimasining ma'nolarini bayon qilishga katta ahamiyat berganlar. Mana shayx Muhammad ibn Abdulvahhob bunga savol-javob tarzida bir risolani bag'ishladi. "Kashfush-shubuhot" va boshqa kitoblarida u haqida so'z yuritdi. ﷻ haqida "Kitabut-tavhid" sharhlovchilari va boshqa olimlar keng to'xtaldilar. Sizga shayx Sulaymon ibn Abdullohning "Taysirul aziz sharhu kitabit-tavhid" kitobining 53-sahifasidagi so'zlari bilan tanishib chiqishingizni taklif qilishim mumkin. Unda aytadi: "Laa ilaha illalloh"ning ma'nosi: Haqiqiy ma'dudlikka faqat birgina iloh loyiqdir, u ham bo'lsa sherigi bo'lmagan, yakto Allohdir. Bu haqida Alloh taolo shunday degan:"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizdan ilgari yuborgan har bir payg'ambarga ham: "Mendan o'zga hech qanday iloh yo'q, shunday ekan, Mengagina ibodat qilinglar!", deb vahiy yuborgandirmiz"(Anbiyo: 25).Alloh taolo dedi:"Shubhasiz, Biz har bir ummatga: "Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroq bo'linglar", (degan vahiy bilan) bir payg'ambar yuborgandirmiz"(Nahl: 36).Shayx Sulaymon "Iloh" so'zining ma'nosi "Ma'bud — ibodat qilinadigan zot" deb to'g'ri aytgan, shuning uchun Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam Quraysh kofirlariga:"Laa ilaha illalloh", denglar, deganlarida, ular: "ﷻ (shuncha) ilohlarni bitta iloh qilib olibdimi?! Haqiqatan, bu juda qiziq narsa-ku!", degandilar.Hud (alayhissalom)ning qavmi shunday dedilar:"Ular: "Sen bizga, yolg'iz Allohga ibodat qilishimiz va ota-bobolarimiz sig'inib o'tgan butlarni tark qilishimiz uchun keldingmi?"(A'rof: 70).
Holbuki, Hud alayhissalom ularni "Laa ilaha illalloh"ga chaqirgan edi. "Allohdan o'zga haq iloh yo'q" kalimasining ma'nosi, Allohga ibodat qilish va Undan boshqa narsalarga ibodat qilishni tark etishdir. Uning ma'nosi, tog'ut-shaytonga kofir bo'lish va Allohga iymon keltirishdir. Ushbu ulug' kalima quyidagilarni o'z ichiga oladi: Allohdan boshqa narsalar iloh emasdir; Undan boshqalarning ma'budligi botilning botili, uni tasqidlashlik esa eng katta zulmdir; ilohlik Allohdan o'zga uchun ravo bo'lmagani singari, Undan o'zga biron narsa ibodat qilinishga haqli ham emas. Yana bu kalima Allohdan o'zgalardan ilohlikning inkorini va ibodatni sherigi yo'q bo'lgan, yakto Allohgagina isbotlashni o'z ichiga oladi. Bu esa, faqat Uning O'zini iloh tutishga bo'lgan buyruqni va ﷻ bilan birga boshqasini iloh tutishdan bo'lgan qaytariqni keltirib chiqaradi. Bu bilan muxotab bo'lgan kishi bu inkor (ya'ni, tavhid kalimasidagi "iloh yo'q", qismi) va isbot (ya'ni, tavhid kalimasidagi "Alloh haqiqiy ilohdir", qismi)dan nima maqsad qilinganini tushunib oladi. Bunga shuni misol qilish mumkin: Bir kishini ahl-loyiq bo'lgan kishilarni qo'yib, unga layoqatsiz kishilardan fatvo so'raganini yoki guvohlikka o'tishini talab qilganini ko'rsang, "bu mufti emas, bu guvoh emas, balki mufti falonchi, guvoh pismadonchidir", deysan. Mana shu bundagi inkor va isbotdir.
Uluhiyatga qalbning Allohga muhabbat va bo'yinsunish bilan, Uning O'zigagina, Unga sherik qilmasdan itoat qilish bilan ulug'lashidan hosil bo'lgan ibodat turlarining barchasi kiradi. Alloh taoloni duo, xavf, muhabbat, tavakkul, inobat va tavba qilish, hayvon bo'g'izlash, nazr va sajda etish kabi barcha ibodat turlarida yakkalash shart, ularning barchasini faqat Allohga, Unga sherik qo'shmasdan qilish vojibdir. Endi kimda-kim ibodatlardan faqat Allohgagina qilinishi lozim bo'lgan narsalardan birontasini Allohdan boshqaga qiladigan bo'lsa, u mushrikdir, agarchi "laa ilaha illalloh"ni aytib turgan bo'lsa ham. Chunki u tavhid va ixlosning taqozosiga ko'ra amal qilmadi.
Ulamolarning "iloh" so'zining ma'nosi haqida aytib o'tgan dalillari:
Ibn Abbos raziyallohu anhumo dedi: "Alloh butun xalqlari ustida uluhiyat va ubudiyat sohibidir (ya'ni, butun maxluqot Uni iloh tutishlariga va Unga bandalik qilishlariga haqli Zotdir)" (Ibn Jarir va Ibn Abi Hotim rivoyati).
Vazir Abu Muzaffar "Al-Ifsoh"da shunday dedi: "Allohdan o'zga haq iloh yo'q ekaniga guvohlik berish guvohlik beruvchi kishining "Allohdan o'zga haq iloh yo'q" ekanligini (asl ma'nosini) bilishini taqozo etadi, bu haqida Alloh taolo aytgani kabi:"Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Allohdan boshqa hech qanday iloh yo'q, ekanligini biling!"(Muhammad: 19).Uni nutq qiluvchi kishi ayni zamonda unga guvohlik beruvchi bo'lmog'i darkor. Alloh azza va jalla dediki, haq guvohlik bergan kishi agar guvohlik bergan narsasini bilmas ekan, u uni chinakam bilib, guvohlik bergan kishiga yeta olmaydi, buni Alloh taoloning quyidagi so'zi bunchalar ravshan ifodalagan bo'lmasa:"magar o'zlari bilgan hollarida haq guvohlik bergan (ya'ni, "Yolg'iz Allohdan o'zga hech qanday iloh yo'q", ekanligiga guvohlik beraman, degan) kishilargina (Allohning izni irodasi bilan shafoat qilishga qodir bo'lurlar)(Zuxruf: 86).
(Laa ilaha illalloh) kalimasidagi "Alloh" ismi "illa" (istisnosi)dan keyin kelmoqdaki, bu ilohlikning Ungagina oidligini, ﷻ suhonahudan boshqalar bunga haqli bo'lolmasligini bildiradi. Tavhid kalimasiga iqror bo'lish paydo bo'lishlik, vujudga kelishlik alomatlari bor bo'lgan har bir narsaning iloh bo'la olmasligini bilishingni taqozo etadi. Agar "Allohdan o'zga haq iloh yo'q", deb aytsang, sening bu talaffuzing Allohdan boshqa hech bir narsa iloh emasligini o'z ichiga oladi, bu esa faqat yolg'iz Allohnigina iloh tutishingni senga lozim qiladi. Bundagi jami foyda bu kalimaning tog'utga kofir bo'lib, Allohga iymon keltirishni o'z ichiga olganini bilishingdir. Shunday ekan, agar sen (umumiy) ilohlikni inkor etib, uni Alloh subhonahuga isbotlasang, tog'utga kofir bo'lgan va Allohga iymon keltirganlardan bo'lasan.
Abu Abdulloh Qurtubiy "Undan o'zga haq iloh yo'q" oyatining tafsirida: "Undan o'zga haqiqiy ma'bud yo'q", degan.
Zamaxshariy bunday degan: ""Iloh" so'zi "erkak kishi", "ot" singari jins ismlaridan bo'lib, har qanday haq yoki botil ma'budga nisbatan ishlatiladigan ismdir. Keyinchalik esa haq ma'budga nisbatan qo'llanilish keng tus olgan".
Shayxulislom shunday degan: ""Iloh" — itoat qilinuvchi ma'buddir".
Shayxulislom "Laa ilaha illalloh" kalimasi haqida shunday dedi: "Uni ilohlikda yakto ekanligini isbotlashdir. Ilohlik o'z navbatida ilmi, qudrati, rahmati va hikmatining komilligini o'zida jamlaydi. Bu kalimada ﷻ zotning bandalarga ehsonining tasdiqi bor. Iloh — ma'luh-ma'bud demakdir. Ma'bud esa ibodat qilinishga haqli-loyiq bo'lgan zot demakdir. Uning ibodat qilinishga haqli bo'lishi esa o'ta yaxshi ko'rilishni va batamom bo'ysunilishni lozim qilgan sifatlar bilan vasflangan ekanligidadir".
Ibn Qayyim (Alloh uni rahmat qilsin), shunday degan: "Iloh shunday zotki, qalblar unga muhabbat, ulug'lash, inobat, ehtirom etish, ta'zim qilish, xokisor bo'lish, bo'ysunish, xavf, umid va tavakkul qilish bilan sig'ingan va o'ziga uni xudo qilib olgan zotdir".
Ibn Rajab (Alloh uni rahmat qilsin), shunday degan: "Iloh shunday zotki, itoat qilinib, osiylik etilmaydigan, uni ehtirom qilib, ulug'lab, yaxshi ko'rib, qo'rqib, umid qilib, unga tavakkul qilinadigan, undan so'ralib, duo qilinadigan zotdir. Bularning barini faqat Alloh azza va jallagagina qilishlik durust bo'ladi. Endi kimki ushbu (haq) ilohga xos bo'lgan narsalardan birida maxluq-yaratilmishlarni sherik qilsa, "Allohdan o'zga haq iloh yo'q", degan so'zidagi ixlosida tahqir va tavhidida nuqson bo'ladi hamda unda ana undan qanchasini boshqaga qilganiga qarab maxluqqa o'shancha ibodat qilgan bo'ladi. Buning bari shirkning tarmoqlaridan hisoblanadi".
Baqoiy bunday dedi: "Allohdan o'zga haq iloh yo'q" deganda, Buyuk Malik (Alloh)dan boshqa haq ma'bud bo'lishi qattiq inkor qilindi. Zero, bu ilm qiyomat dahshatlaridan qutqaruvchi buyuk eslatmadir. Faqat u manfaatli bo'lsagina (haqiqiy) ilm bo'ladi, u (tavhid kalimasi)ning taqozolariga amal qilish va itoat etish bilangina manfaatli bo'ladi, yo'qsa, u quruq jaholatdan boshqa narsa bo'lmaydi".
Tabbiy shunday dedi: ""Iloh" fiol vaznida bo'lib, maf'ul (qilinmish) ma'nosidadir, kitob maktub (yozilmish) ma'nosida bo'lgani kabi. "Alaha, ilahatun" — "abada, ibadatun" (ibodat qilmoq) deganidir. Bu ma'no olimlarning kalomlarida juda ko'p topilib, ulardan iloh so'zining ma'bud degani ekanligi haqida ijmo' bor. Bu fikr quburiy (qabrlarga ibodat qiluvchi)larga xilofdir, ular va ularga o'xshaganlar "iloh" so'zining ma'nosini "xoliq" (yaratuvchi), yoki yaratishga qodir zot, yoda shunga o'xshash ma'nolar ekanini e'tiqod qilishadi va agar ushbu ma'noni aytishsa, agarchi o'liklarga duo qilish, kulfat mahali ulardan kushoyish istash, hojatlarini barorini ulardan so'rash, ularga nazr qilish, osmonlar va Yerning Robbi huzurida shafoat qilishlarini istash va bundan boshqa ibodat turlarini o'liklarga qilib turgan bo'lsalar ham, o'zlarini tavhidni o'ta oliy darajada bajargan deb bilishadi. Ular qabrga ibodat qilish bilan Abu Jahl, Abu Lahab va islomda bo'lib u ikkisiga ergashganlar darajasiga tushadilar. Shuningdek, ular Vad, Suvo', Yag'us, Ya'uq va Nasr (butlariga), o'z dinlarini eng to'g'ri Islom bilib, ibodat qilgan (mushrik) birodarlari darajasiga tushadilar. Agar tavhid ana u johillar da'vo qilgan ma'noda bo'lganda edi, o'sha mushriklar bilan Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o'rtalarida hech qanday kelishmovchilik bo'lmagan, balki ular uni ijobat qilishga shoshilgan va Rasulullohning da'vatlariga labbay degan, bo'lardilar. Agar ul zot ularga "Laa ilaha illalloh", denglar deb, "Yaratishga qodir zot faqat Alloh", degan ma'noni qasd qilganlarida, ular: "Eshitdik va itoat qilamiz", degan bo'lardilar. Zero, Alloh taolo shunday degan:"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), qasamki, agar siz ulardan o'zlarini kim yaratgani haqida so'rasangiz, albatta ular: "Alloh", derlar"(Zuxruf: 87)."(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), qasamki, agar siz ulardan: "Osmonlar va Yerni kim yaratgan?", deb so'rasangiz, albatta: "Ularni qudratli va dono (Alloh) yaratgan", derlar"(Zuxruf: 9)."(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom) ayting: "Kim sizlarga osmon va zamindan rizq berur yoki kim quloq-ko'zlaringizga egalik qilur?! Kim o'likdan tirikni chiqarur va tirikdan o'likni chiqarur hamda kim barcha ishlarni tadbir qilib turur?!" Ular albatta: "Alloh", deydilar. Bas, siz ayting: "Axir o'sha Zotdan qo'rqmaysizlarmi?!"(Yunus: 31).Bu va bundan boshqa oyatlar bunga dalil bo'ladi.Arab tili o'sha qavmning ona tili edi, ular tavhid kalimasi ularning o'liklarga va tikilgan butlarga qilayotgan duolarini vayron qilishini, Allohdan o'zgadan shafoat istashlik va Undan boshqani iloh tutishlik binosini yer bilan yakson qilishini yaxshi bilardilar. Ular shunday der edilar:"Biz (o'sha "xudo"larimizga) faqat ular bizni Allohga yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz"(Zumar: 3)."Ana shu narsalar Alloh huzurida bizlarning oqlovchilarimiz"(Yunus: 18)."(Shuncha) xudolarni bitta xudo qilib olibdimi?! Haqiqatan, bu juda qiziq narsa!"(Sod: 5).Abu Jahl, Qurayshning kufrboshlari va ulardan boshqa mushriklar undan ko'ra "Laa ilaha illalloh"ning ma'nosini yaxshiroq bilgan kishiga halokat bo'lsin. Alloh taolo dedi:"Chunki ular o'zlaricha: «Hech qanday iloh yo'q, magar yolg'iz Allohgina bordir», deyilgan vaqtda kibr-havo qilgan edilar. Va ular «Hali bizlar bir majnun shoirni deb xudolarimizni tark qilar ekanmizmi?», der edilar"(Soffot: 35-36).Ular tavhid kalimasining Allohdan boshqaga ibodat qilishni tark etishni va ibodatda Allohni yakkalashni taqozo etishini bilganlar. Qabrga sig'inuvchilardan duoda ixlosli bo'lish va yolg'iz Allohgagina ibodat qilish talab qilinsa, ular: Hojatlarimizni bajarilishida shafoatchilarimiz va shayxlarimizni tark qilamizmi?, desalar, ularga: Ha, mana shu tark qilish va ixlos ayni haqdir, deyiladi. Alloh taolo aytganidek:"Yo'q, (Muhammad alayhis-salotu vas-salom aslo shoir, majnun emasdir, balki) u Haq (din)ni olib keldi va (o'zidan avval o'tgan) barcha payg'ambarlarni tasdiq etdi"(Soffot: 37)."Laa ilaha illalloh" kalimasi inkor va isbotni o'zida mujassam etgan:Tavhid kalimasi ilohlikni Alloh taolodan boshqa hamma narsalardan inkor etdi. Bas, Undan o'zga barcha narsalar: boshqa maxluqotlarni qo'yaturing, maloikalar va payg'ambarlar ham iloh bo'lolmaydilar va ibodatdan biron narsani ularga qilinmaydi.
Boshqa tarafdan bu kalima ilohlikni yolg'iz Allohgagina isbotladi, ya'ni banda Undan o'zgani o'ziga iloh qilmaydi, boshqacha qilib aytganda, hech kimga ibodat turlari: duo va nazr qilish, jonliq bo'g'izlash va boshqa ibodatlardan birontasini yo'naltirishni majbur qiladigan darajada qalbdan bog'lanmaydi.
Xulosa qilsak, Allohdan o'zgalar iloh tutilmaydi, ya'ni Undan boshqaga ibodat qilinmaydi. Demak, kimda-kim bu kalimaning ma'nolarini bilib, uning taqozosi bo'lgan shirkni inkor etib, vahdoniyatni faqat Allohga isbotlab, amal qilsa va u kalima o'z ichiga olgan narsalarga qat'iy e'tiqod qilib, unga amal qilsa, o'sha haqiqiy musulmondir. Agar e'tiqod qilmay, zohiran amal qilsa, u fosiqdir. ﷻ (tavhid kalimasi)ning ziddi bo'lgan shirkni qilsa, u kofirdir, agarda uni talaffuz qilib turgan bo'lsa ham. Mana qarang, munofiqlar u (tavhid kalimasi)ga zohiran amal qildilar (ya'ni, namoz o'qib, ro'za tutdilar), lekin ular do'zaxning eng tubida bo'ladilar, yahudiylar u (tavhid kalimasi)ni shirk va kufr isharni qilgan hollarida aytdilar, shunga u ularga foyda bermadi, shuningdek, Islomdan u (tavhid kalimasi)ning shartlari va haqlaridan ba'zi narsalarni inkor qilish bilan murtad bo'lgan kimsaga ham u foyda bermaydi, agarda uni yuz ming marta aytsa ham. Shuningdek, qabrlar va butlarga sig'inuvchilar singari ibodat turlarini Allohdan boshqaga qiluvchi kimsalar ham uni aytadilar-u, biroq u ularga foyda bermaydi, ular u (tavhid kalimasi)ning fazilati haqida kelgan va unga o'xshash hadislar hukmiga doxil bo'lmaydilar. Darhaqiqat, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam buni quyidagi so'zlarida bayon qildilar: "ﷻ yagona, sherigi yo'q Zotdir". Bu yahudiylar, munofiqlar va qabrga sig'inuvchilar kabi mushrik holida u kalimani aytuvchi insonlarga tanbehdir. Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamning qavmlarini "Laa ilaha illalloh"ga da'vat qilayotganlarini ko'rib, u zot ularni faqat uni nutq qilishga chaqirdilar, deb o'yladilar. Holbuki, bu buyuk jaholatdir. ﷻ zot alayhis-salotu vas-salom ularni u (tavhid kalimasi)ni aytib, uning ma'nosiga amal qilishga va Allohdan o'zgaga qilayotgan ibodatlarini tark etishga chaqirgan edilar. Shu sababdan ham ular shunday degandilar:"Va ular «Hali bizlar bir majnun shoirni deb xudolarimizni tark qilar ekanmizmi?»(Soffot: 36).Yana shunday dedilar:"ﷻ (shuncha) xudolarni bitta xudo qilib olibdimi?!"(Sod: 5).Shuning uchun ular uni nutq qilishdan bosh tortdilar. Agar ular uni aytsalar va Lot, Uzzo va Manot (butlari)ga ibodat qilishda davom etganlarida musulmon bo'lmas edilar. Shu sababdan ham ul zot alayhis-salotu vas-salom ular butlarini tashlab, ularga qilayotgan ibodatlarini tark qilmagunlaricha va sherigi bo'lmagan, yakto Allohga ibodat qilmagunlaricha ular bilan urushdilar. Bu narsa Kitob, Sunnat va ijmo' bilan sobit bo'lgan, hammaga ma'lum masaladir. Qabrga sig'inuvchilar ushbu kalimaning ma'nosini ham, Allohdan boshqadan ilohlikni inkorini va uni faqat sheriksiz Allohgagina isbotlash keraklini ham bilmadilar, hatto mo'minu kofir va butun maxluqot bilgan ma'nolarni: paydo qilish-yaratishga qodir zot faqat Alloh ekanini, yoki ilohning ma'nosi hammadan behojat, barcha unga muhtoj zot degani va shunga o'xshash ma'nolarnigina bildilar, xolos. Bu ma'nolar to'g'ri va ular ilohlikning bo'lmasa bo'lmaydigan vasflaridan, lekin "Allohdan o'zga haq iloh yo'q" kalimasining ma'nosidan ko'zda tutilgan maqsad bu emas. Zero, bu qudratni kofirlar ham bilishgan va unga iqror ham bo'lishgan hamda undan biron narsani butlaridan so'ramagan, hatto butlarini undan ojizligini va Allohga muhtojliklarini tasdiqlashgan, balki ular butlariga, so'rayotgan narsalarini hosil bo'lishi va musibatlarni kushoyishida Alloh huzurida vositachi va shafoatchi-oqlovchi bo'lishadi, deb ibodat qilishardi. Ular yaratish, egalik, rizq berish, tiriltirish, o'ldirish, butun ishlar sherigi bo'lmagan, yolg'iz Allohga xosligini qabul qilishardilar. Va ular "Allohdan o'zga haq iloh yo'q" kalimasining ma'nosini yaxshi bilishar, shuning uchun uni talaffuz qilish va unga amal qilishdan bosh tortishar edilar. Quburiylar va o'sha mushriklarning iloh tutish masalasida shirk keltirgan holda rububiyat tavhidini tasdiqlashlari ularga foyda bermaydi. Bu haqida Alloh taolo shunday degan:"Ularning ko'plari Allohga faqat mushrik bo'lgan hollaridagina iymon keltiradilar"(Yusuf: 106).
Qabrga sig'inuvchilar u (tavhid kalimasi)ni nutq qildilar-u, uning ma'nosini bilmadilar va unga amal qilishdan bosh tortdilar va uni ma'nosini bilmay aytgan va unga amal qilmagan yahudiylarga o'xshadilar. Ulardan birini bu kalimani aytganini, biroq qiyinchilik paytida ulug'lash, ehtirom ko'rsatish, qo'rqish, umid qilish, tavakkul va duo etishda Allohdan boshqasini o'ziga iloh qilib olganini ko'rasiz. ﷻ qalbidan iloh tutishning hosilasi bo'lgan ibodat turlarini Allohdan boshqaga yo'naltiradi, bu esa ilk davrlardagi mushriklarning qilgan ishlaridan ham buyuk shirkdir.
Shuning uchun ularning biridan Alloh taolo nomiga qasam ich deb talab qilsangiz, rost narsaga ham, yolg'oniga ham qasam ichib beradi. Agar Falonchi shayx hayotiga yoki uning maqbarasiga qasam ich-chi?, deyilsa, yolg'on narsa uchun qasam ichmaydi. Bu narsa uning qalbida tuproq ostida ko'milib yotganlarning olamlar Rabbidan ko'ra ulug'roq bo'lgani tufaylidir. Avvalgi mushriklar bunday emasdilar, balki ular qasamning to'g'riligini urg'ulamoqchi bo'lsalar, Alloh taolo nomigagina qasam ichar edilar. Uning misolini "Sahihul Buxoriy"da kelgan, johiliyat zamonida sodir bo'lgan, o'zini oqlash uchun qattiq qasam ichgan kimsaning qissasida ko'rish mumkin.
Ulardan ko'pchiligi yoki aksariyati o'zi ibodat qilayotgan "iloh"idan uning qabri yonida yoki boshqa o'rinda yordam so'rash, masjidda Allohdan so'rashdan ko'ra manfaatli va natijaliroq deb biladilar. Va buni ochiqchasiga aytadilar va bu haqida uzundan-uzun hikoyalar qilishadi. Bu esa avvalgi davr mushriklarining shirkidan ham battardir. Bular qiyin ahvolga tushib qolsalar, tuproq ostida ko'milib yotgan shaxslardangina kushoyish istaydilar. Quruqlikda, dengizda, safarda, safardan qaytishda, ya'ni har qanday holatda musibatni aritishini so'rab, o'liklarning ismlarini aytib chaqiradilar va ularga duo qiladilar. Holbuki, avvalgi mushriklar bu ishni qilmagandilar, balki ular bu kabi qiyin ahvolga tushsalar, faqat buyuk, oliy zot bo'lmish Allohgagina xolis duo qilishardi. Mana Alloh taoloning ushbu so'zini o'qing:"Qachon ular kemaga minsalar (g'arq bo'lishdan qo'rqib) Allohga chin ixlos bilan duo-iltijo qilurlar"(Ankabut: 65).Va ushbu so'ziga quloq tuting:"Shuningdek, qachon sizlarga (biron) balo-musibat yetsa ham faqat Ungagina iltijo qilursizlar. So'ng, ﷻ zot sizlardan baloni aritganida esa, banogoh sizlarning orangizdan bir guruh (odamlar) chiqib, Robbilariga shirk keltirurlar"(Nahl: 53-54).
Ularning ko'pchiligi masjidlarini tashlab qo'yib, qabristonu maqbaralarni obod qildilar. Ulardan biri o'zi ulug'lagan qabrga borganda, o'zini past olib, siniq ko'ngil bilan, xokisor holatda yig'lab duo qiladi, vaholanki, bu holat juma va jamoat namozlarida, tungi namozu farz namozlar ortidan unda hech ko'rilmaydi. Ular o'liklardan gunohlarning kechirilishini, musibatlarning aritilishini, do'zaxdan qutulishini, gunohlarining o'chirilishini so'raydilar. Olimni qo'yaturing, oqil kishi "Allohdan o'zga haq iloh yo'q", deb, bu ishlarni qilgan kimsaga, bu kalima foyda beradi, deb o'ylaydimi?! Ular bu kalimani tillari bilan aytganu, unga e'tiqodu amalda xilof qilgan kimsalardir. Shubha yo'qki, mushriklardan biri bu kalimani aytsa, shuningdek, "Muhammad Allohning rasulidir", deb guvohlik bersa, biroq, "Iloh" so'zining ma'nosini va "Rasul" so'zining ma'nosini bilmasa, yana nima qilayotganini bilmagan holatda, faqat odamlar qilganini ko'rib, ularga ergashib namoz o'qisa, ro'za tutsa, haj qilsa va bunga qo'shimcha bironta shirk amalni qilmasa, bu kimsaning musulmon emasligida hech kim shak-shubha qilmagandir. 11-asr boshlarida yoki undan ham oldinroq, Mag'rib faqihlarining hammasi bunday shaxsning musulmon emasligiga fatvo berganlar. Buni Molikiy mazhabi olimlaridan "Ad-durrus-samin fi sharhil-murshidil-muayyan" kitobining muallifi aytib o'tgan, so'ngra sharh beruvchi shunday deydi: "Faqihlarning bu haqida bergan fatvolari ikki kishi ham ixtilof qilishi mumkin bo'lmagan darajada g'oyat tushunarli, ravshandir" (Iqtibos tugadi).
Qabrlarga ibodat qiluvchilarning ahvoli bundan ko'ra qattiqroq ekanida shubha yo'q, chunki ular "ilohlik" bir qancha tarbiyatkunandalarda bor, deb e'tiqod qiladilar.
"Iloh" va "ilohlik" so'zlarining ma'nosi aniq bo'ldi, endi agar iloh — yaratishga qodir zotdir deb, yoki shunga o'xshash ma'nolarni aytuvchilarning so'zlariga qanday javob beriladi, deyilsa,aytiladiki:javob ikki ko'rinishdadir:Birinchisi:Bu gapni aytish bid'atdir. Unday deb aytgan bironta ulamo ham, tilshunos olim ham yo'q, ulamolar va tilshunos olimlarning gaplari, yuqorida biz aytib o'tgan ma'nodan iborat. Demak, bu so'z botildir.Ikkinchisi:Tavhid kalimasining isbotining taqdirida haq iloh bo'lish sharti bor. Bundan ko'rinadiki, iloh yaratuvchi bo'lishi, yaratishga qodir bo'lishi lozim, qachon bunday bo'lmasa, haq iloh bo'lmaydi va iloh ham deyilmaydi. Ilohdan murod, ilohning yaratishga qodir bo'lishini bilgan kimsa Islomga kiradi va maqsadni amalga oshirgan, darus-salomning ochqichini qo'lga kiritadi, degani emas, buni hech kim aytmagan. Chunki bunday deyish, arab kofirlarini musulmon bo'lishini taqozo etadi, holbuki, unday emas. Ba'zi mutaaxxirlar (oxirgi zamon bilag'onlari) buni istasalar-da, xato qiladilar, ularga sam'iy va aqliy dalillar bilan raddiya beriladi. Tamom.
To'rtinchi fasl: "Muhammad Allohning elchisidir" deya guvohlik berish ma'nosi haqida.
Shahodat kalimasi ikki shahodat kalimalarini birgalikda aytilishini ko'rsatadi. Ular biri ikkinchisidan ajralmaydigan bir butun kalimadir. Ularni aytgan kishiga ularning har biri dalolat qilgan ma'nolarni bilishi, o'sha ma'noga e'tiqod qilishi va uni hayotiga tatbiq qilishi vojibdir. "Laa ilaha illalloh"dan murod uni faqat talaffuz qilib qo'yishgina emasligini bilding, xuddi shuningdek, uning yo'ldoshi (shahodatning ikkinchi qismi)ni ham faqat talaffuz qilish kifoya qilmaydi, balki uni tasdiqlash, uning ma'no va taqozolariga amal qilish lozim. Bu esa, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning Alloh taolo tomonidan yuborilgan payg'mabar ekaniga, Alloh unga ushbu shariatni payg'ambarlik tarzida jo'natgani va uni ummatga yetkazish vazifasini yuklaganiga, butun ummat uning risolatini qabul qilishi va uning ko'rsatmasidan yurishi farz ekaniga qat'iy e'tiqod qilishdir. Bu haqida bahs qilish bu shahodatni bajarishni va undan foyda olishni ro'yobga chiqaradigan bir qator ishlarni bilishni taqozo etadi. Bu ishlar quyidagilardir:
Birinchi:Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamning ushbu risolatga loyiqliklari.Alloh taolo dedi:"Robbingiz O'zi xohlagan narsani yaratur va (O'zi xohlagan ishni) ixtiyor qilur"(Qаsаs: 68).Alloh dedi:"Alloh payg'ambarlik vazifasini qaerga qo'yishni yaxshiroq bilguvchidir"(An'om: 124).Alloh dedi:"Haqiqatan, ular Bizning huzurimizda tanlangan, yaxshi kishilardandir"(Sod: 47).
Bu va bunga o'xshash oyatlar payg'ambarlarning inson ekanliklarini ifodalaydi. Ular odalarning fazilatlilari, saralari va pokdomonlari bo'lib, hatto Allohning risolatini ko'tarishga loyiq, Uning shariati va dinining omonatdorlari va Alloh bilan bandalari o'rtasidagi vositachilarga aylanganlar.
Alloh taolo payg'ambarlarni yolg'onchiga chiqargan ba'zi ummatlarning o'z payg'ambarlariga qarata shunday deganlarini zikr qildi:"Sizlar ham xuddi o'zimizga o'xshagan odamlarsiz"(Ibrohim: 10).Payg'mbarlarning javoblari esa, shunday deyish bo'ldi:"(Ha), biz ham xuddi sizlarga o'xshagan odamlarmiz, lekin Alloh O'zi xohlagan bandalariga (payg'ambarlik) in'om qilur"(Ibrohim: 11).Bu o'rinda aytamizki, shubhasiz, bizning payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam payg'ambarlarning so'nggisi va afzalidirlar. Alloh u kishiga undan oldingi biron payg'ambarga bermagan narsalarni berdi. Shubhasiz, ul zot ins va jindan tashkil topgan butun xaloyiqqa payg'ambar qilib tanlanish va ixtiyor etilishga g'oyat haqli edilar. Darhaqiqat, Alloh taolo u kishi haqida shunday degan:"Albatta siz ulug' xulq ustidadirsiz"(Qalam: 4).Imom Muslimning "Sahih" hadislar devonida Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u shunday dedi:"ﷻ zotning xulqlari Qur'on edi".Ya'ni, ul zot go'zal xulqlar va chiroyli amallarki, har bir oqil ularning chiroyli va xushxulqliligiga guvohlik beradigan narsalarni hayotiga tatbiq qilardilar. Hatto vahiy tushishidan oldin ham omonatdorlik, rostgo'ylik, vafodorlik, iffat va boshqa xulqlar u zotda mujassam ediki, Makka xalqi uning sodiqul amiyn (rostgo'y omonatdor) ekanini e'tirof etardilar. Payg'ambarlik kelganidan keyin bu xulqlar yanada ortti va mustahkamlandi. Ul zot saxovat, qo'li ochiqlik, halimlik, sabrlilik, odamgarchilik, shukr qilishlik, adolatli bo'lish, himmatlilik, mutavozelik, shijoatlilik va boshqa go'zal xulqlar bilan xulqlangan edilar. Bular siyrat va tarix kitoblarida yorqin misollar bilan devon holiga keltirilgan. Ravshan narsani inkor qiluvchilardan boshqalar bunga muxolif bo'lmaganlar.
Mana shunday Rasululloh sollallohu alayhi va sallam behurmat qiladigan, odamgarchilikdan chiqaradigan, baxillik, jimrilik, zulm, tajovuz, kibr, qo'rqoqlik, ojizlik, yalqovlik, o'g'rilik va xiyonat kabi uni qiluvchini tuban va razil qiladigan xunuk xulqlardan va kamchiliklardan xoli bo'lganlar.
Ikkinchi:Uning xatolardan ma'sumligi:
Ummat payg'ambarlarning tanlab, saylab olinishlariga zid bo'lgan katta gunohlardan ma'sum ekanliklariga ittifoq qilishgan. Chunki Alloh taolo ularga O'z risolatini basharga yetkazishni yukladi, bu esa ularning ummatlariga o'rnak bo'lishini taqozo etadi. Alloh ularga odamlarni kufr, gunoh, fisq va ma'siyatlarni qilishlaridan ogohlantirish vazifasini topshirdi. Agar payg'mabarlardan bu xatolardan birini qilgani oshkor bo'lsa, ularning dushmanlari buni ularga ro'kach qilib, shariatlariga ta'na qilgan bo'lishardi, bu esa Alloh taoloning hikmatiga zid narsa. Allohning ularni bunday xilof ishlardan birontasini qilishdan asragani va ulardan bundan qaytarishni va uning oqibati yomon bo'lishini bayon qilishni ularga vazifa qilib bergani Allohning rahmatidandir. Yana ularni zuhd borasida oxirat diyoridan chalg'itadigan dunyo xohishlarini arzimas ko'rishda o'rnak, namuna qilgani Allohning rahmatidandir. Ammo kichik gunohlarga kelsak, payg'ambarlarning ayrimlaridan ijtihod qilish natijasida sodir bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin bu gunohlariga iqror bo'lmaganlar (ya'ni, uning joizligini aytmaganlar), bu adolatga putur yetkazuvchi va payg'ambarlikka zid emas, balki bu ularning ham inson ekanini va g'ayb ilmiga hech kim yetolmasligini va rububiyat sifatlaridan biron narsani ularga berilishi durust emasligini ko'rsatuvchi bir belgi bo'ldi.
Mufassirlar va ahli ilmlar sodir bo'lgan ba'zi voqealardan haqida aytib o'tishgan. Alloh taoloning ushbu qavlida kelgani kabi:"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Siz erta-yu kech Robbilarining Yuzini istab, Unga iltijo qiladigan zotlarni (huzuringizdan) haydamang!"(An'om: 52).Va ushbu qavlida kelgani kabi:"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, mushriklar) sizni Bizning sha'nimizga, (vahiydan) o'zga narsalarni to'qib chiqarishingiz uchun — Biz sizga vahiy qilgan oyatlardan aldab-burib yuborishlariga oz qoldi. ﷻ holda, (ya'ni, ularning yo'riqlariga yursangiz), sizni do'st qilib olgan bo'lur edilar. Agar Biz sizni (haq yo'lda) qilmaganimizda, siz ularga bir qadar moyil bo'lishingizga oz qoldi"(Isro: 73-74).
Shunga o'xshagan zohiriy manfaatni tushunib, ijtihod bilan qilingan voqealarni keltirish mumkin, biroq Alloh taolo ularni amalga oshmaganini bildirgan.
Gunoh va ma'siyatlar esa, Alloh taolo ul zotni ularni qilishdan yoki ularga iqror bo'lishdan himoya qilgan, zero, ular payg'ambarlik va tanlab olinishlikka zid hamda o'zlari qaytarayotgan kufr, fisq va isyondan ogohlantirishiga xilofdir. Ammo ul zotga vahiy qilingan shariatni yetkazishda ma'sum ekaniga, muhaqqiq ulamolarning aytishlaricha, ummat ittifoq qilgan. Hatto butun payg'ambarlar Alloh taolodan olgan vahiy va shariatni yetkazishda ma'sum bo'lganlar. Hatto Alloh taolo ul zot sollallohu alayhi va sallamni payg'ambarlikdan oldin ham shirk, buzuqlik va shunga o'xshash gunohlardan asragan edi.
Rivoyat qilinishicha, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: "(Payg'ambarlikdan ilgari) johiliyat ahli qilayotgan ishlardan birontasini qilishni xohlamadim, bironta yomonlikni qilishni istamadim, hatto Alloh meni risolati (payg'ambarligi) bilan siyladi" (Qozi Iyoz "Shifo" degan kitobida va boshqalar rivoyat qilgannlar).
Ibn Ishoq "Siyrat"ida aytadi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Allohning hifzu himoyasida, johiliyat iflosliklari va ayblaridan saqlangan holda voyaga yetdilar. ﷻ o'z qavmi dinida ekan, unga risolati va karomatini xohladi, hatto qavmining eng fazilatli odami, eng chiroyli xulqlisi, eng kirishuvchani, eng yaxshi qo'shnichilik qilgani, ulug' xulqlisi, eng omonatdori, buzuqlik va kishini beobro' qiladigan axloqlardan eng uzog'i bo'ldilar, hatto qavmi orasida "al-amiyn" (ishonchli, omonatdor), deb nomlandi. Alloh bu axloqni ul zotda yoshligida, johiliyat davrida ekanligida jamlagan edi".
Uchinchi:Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam risolatlarining umumiyligi:Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam boshqa payg'ambarlarga berilmagan bir qator xususiyatlar bilan farqlandilar, ularning ayrimlari muttafaqun alayh bo'lgan Jobir raziyallohu anhuning hadisida kelgan, u zot sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:"Menga o'zimdan oldin hech kimga berilmagan besh narsa berildi: Menga bir oylik masofadagi (dushman qalbiga tushuvchi) qo'rquv ila nusrat berildi; menga yer masjid va poklovchi qilindi; menga o'ljalar halol qilindi, holbuki, mendan oldin hech kimga halol qilinmagan edi; menga shafoat berildi; payg'ambarlar o'z qavmiga xos qilib yuborilar edi, men barcha odamlarga umumiy qilib yuborildim".ﷻ zot sollallohu alayhi va sallam dedilar:"Qora (tanli)ga ham, qizil (tanli)ga ham payg'ambar qilib yuborildim"(Muslim rivoyat qilgan).Mana shunga binoan, barcha odamlar ul zot sollallohu alayhi va sallamga ergashishlari va itoat qilishlari lozim, chunki ularning bari u kishining da'vatiga muxotab ummat bo'lish nuqtai nazaridan uning ummati sanaladi. Alloh taolo aytdiki:"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizni shak-shubhasiz, barcha odamlarga — (mo'minlarga jannat haqida) xushxabar eltguvchi, (kofirlarni esa do'zax azobidan) ogohlantirguvchi bo'lgan holingizda, payg'ambar qilib yubordik"(Saba': 28).Ya'ni, butun insonlarga payg'ambar qilib yubordik.Alloh taolo dedi:"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: "Ey odamlar, albatta men sizlarning barchangizga Alloh (yuborgan) elchiman"(A'rof: 158).Darhaqiqat, Qur'onda odamlarning barchasiga qilingan bir qator xitoblar kelgan, misol uchun, Alloh taoloning quyidagi so'zlari:"Ey insonlar, ... Robbingizga ibodat qilingiz"(Baqara: 21).Alloh taolo dedi:"Ey odamlar, bu payg'ambar sizlarga Robbingizdan haq dinni keltirdi. Bas, iymon keltiringiz, o'zingiz uchun yaxshi bo'lur"(Niso: 170).Alloh dedi:"Ey odamlar, sizlarga Robbingizdan hujjat keldi. Va Biz sizlarga ravshan nurni nozil qildik"(Niso: 174).Bu yerdagi ishora Muhammad sollallohu alayhi va sallamga va u kishi olib kelgan narsaning Robbi huzuridan ekanigadir.Bu nususlar (shar'iy dalillar) barcha odamlarning u kishi sollallohu alayhi va sallamning risolatiga ergashishga mukallaf va unga itoat qilishga malzum ekanliklarini ko'rsatadi. Shuningdek, u zot sollallohu alayhi va sallam insonlarga payg'ambar qilib jo'natilgandek, jinlarga ham payg'ambar etib yuborilganligi mashhurdir. Bunga Alloh taoloning ushbu qavlini:"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), eslang, Biz sizning oldingizda bir guruh jinlarni Qur'on tinglasinlar, deb yuborgan edik. Bas, qachonki ular (Qur'on tilovatiga) hozir bo'lishgach, (bir-birlariga): «Jim turinglar», dedilar. Endi qachonki (tilovat) tugatilgach, ular o'z qavmlari oldiga ogohlantirguvchi bo'lgan hollarida qaytib ketdilar"(Ahqof: 29),shu qavligacha dalil ko'rsatiladi:"Ey qavmimiz, Allohga da'vat qilguvchi (Muhammad alayhis-salotu vas-salomning da'vati)ni qabul qilinglar va unga iymon keltiringlar"(Ahqof: 31).Yana Alloh taoloning ushbu qavlini dalil ko'rsatiladi:"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Menga vahiy qilindiki, jinlardan bir guruhi (mening Qur'on tilovat qilganimni) eshitishib, (o'z qavmlariga qaytib borishgach, dedilar: «Darhaqiqat, bizlar bir ajib Qur'onni eshitdik. Haq yo'lga hidoyat qiladigan (bir ajib Qur'onni eshitdik) va darhol unga iymon keltirdik"(Jin: 1-2).Yahudiy va nasroniylar (ularga Allohning la'nati bo'lsin), Muhammad sollallohu alayhi va sallamning payg'ambarligi faqat arablarga xos, deb da'vo qildilar. Bu narsa ularning uning payg'ambarligining to'g'riligiga qanoat hosil qilgandan, mo''jizalar bilan quvvatlangandan, unga ergashish ro'y bergandan, Uning Robbi tomonidan yuborilgan payg'ambar ekanini tasdiqlashdan boshqa chora topolmaganlaridan keyin bo'ldi. Ularni kibr, mansab va kasbi-kor muhabbati ul zotga ergashishdan man' qildi. Vaholanki, ular ul zotga nozil bo'lgan narsa Alloh taolo tomonidan uning rostgo'yligi va risolatining to'g'riligini tasdiqlovchi vahiy ekanini e'tirof qildilar, shunga qaramay, ularga buyurilgan ko'rsatmalarni qabul qilmadilar, Alloh taolo bu haqida dedi:"Sizlardagi narsani (Tavrotni) tasdiq etgan holda nozil qilgan narsam (Qur'onga) iymon keltiringiz. Uni birinchi inkor qiluvchilardan bo'lmangiz. Va oyatlarimni qiymati oz narsalarga almashtirmanglar va Mendangina qo'rqinglar. Haqni botilga aralashtirmanglar va bilgan holingizda haqni berkitmanglar"(Baqara: 41-42).Va shularga o'xshash oyatlar dalil bo'ladi.To'rtinchi:Risolatni yetkazishlari.Alloh taolo dedi:"Ey payg'ambar, sizga Robbingiz tomonidan nozil qilingan narsani yetkazing! Agar (bu farmonga amal) qilmasangiz, Uning elchiligini (bandalariga) yetkazmagan bo'lursiz"(Moida: 67).Bu taklif (majburiyat) Robbi taolo tomonidan bo'lib, uni amalga oshirish lozim. Zero, bu payg'mabarlarning vazifalaridir, Muhammad sollallohu alayhi va sallam esa ular jumlasidandir."Sizning zimmangizda faqat (Biz sizga nozil qilgan vahiyni) yetkazish bor, xolos"(Shuro: 48).Yana ﷻ zot dedi:"Payg'ambar zimmasida (sizlarni zo'rlab dinga kirgizish emas, balki) faqat (sizlarga Haq dinni) yetkazish bordir"(Nur: 54).Sahobalar raziyallohu anhum bu tablig'-yetkazish va bayon qilishga shohid bo'ldilar. Mana Abu Zarr raziyallohu anhu aytadi:"Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etganidan so'ng, hatto qanot qoqqan qush ham bizga u zotdan bir ilmni eslatardi".
Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyat qildilar, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:
"Darhaqiqat, sizlarni kechasi kunduzidek oydin bo'lgan, mendan keyin undan faqat halok bo'luvchi kishigina og'adigan ravshan (yo'l) uzra tashlab ketdim".
Imom Muslimning "Sahih"i va boshqa hadislar devonida Abdulloh ibn Amr ibn Os raziyallohu anhumodan rivoyat qilindi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar:
"Mendan oldin biron payg'ambar kelgan bo'lsa, shubhasiz, ummatini o'zi bilgan yaxshiligiga dalolat qilib, o'zi bilgan yomonligidan ogohlantirish uning zimmasida bo'lgan edi".
Darhaqiqat, ul zot sollallohu alayhi va sallam da'vatni o'z yurtlari va o'z qavmlaridan boshlaganlari, so'ngra Arab yarim oroli atrofidagi arablarni, so'ngra ularning ortidagi insonlarni da'vat qilganlari mashhurdir. Ul zot sahrolardagi qabila va qishloqlarga Allohga da'vat qilish va bu risolatni qabul qilishlari uchun elchilar jo'natdi, so'ngra Yaman, Bahrayn va boshqa diyorlarga elchi yubordilar, so'ngra bu shariatga da'vat mazmunini o'z ichiga olgan maktublarni Fors, Rum va boshqa davlatlarga jo'natdilar. Ul zot vafot etar chog'ida, da'vatlari keng yoyilgan va uzoq va yaqindagilarga ul zotning ishi (yetib borgan va) mashhur bo'lgan edi:
"Shunda ular (o'sha ummatlar) orasida Alloh hidoyat qilgan zotlar ham shuningdek, cheklariga yo'ldan ozishlik tushgan kimsalar ham bo'lgan"
(Nahl: 36).
Shu singari ul zotning sahobalari ham uning diniga da'vatni davom ettirdilar, qabul qilishdan bosh tortgan va voz kechganlar, toki Islomga kirmagunlaricha yoki xorlik va tubanlikni bo'yinlariga olib, jizya bermagunlaricha ularga qarshi kurashdilar. Shu zaylda ushbu da'vat qisqa vaqtda Yer yuzining turli o'lkalari yetib bordi. Bu haqda tarix kitoblarida zikr qilingan. Shunga qaramay, agar biron mamlakatning chekkasida bu shariatdan butunlay bexabar qolganlar bo'lsa, ularga fatrat (ikki payg'ambar orasida payg'ambar kelmay turgan zamon)da yashagan insonlar hukmi beriladi. Unga ko'ra, u yaratilishining maqsadi bo'lgan dinni qidirishi va atrofidagi odamlar qanday dinga mansubligiga qiziqishi zimmasidagi vojibdir.
Beshinchi:
Payg'ambarlikning yakunlanishi.
Bu shariat butun xaloyiq uchun ekan, Yer yuzining hamma joylaridagi barcha odamlar zimmasiga bu shariat yuklangandir. Bunga sabab, uning barcha shariatlarni yakunlovchisi, osmondan tushirilgan risolatlarning oxirgisi ekanidadir. Shunday ekan, bizga Muhammad sollallohu alayhi va sallam payg'ambarlarning so'nggisi va rasullarning oxirgisi deb iymon keltirishimiz farz bo'ladi. Alloh taolo dedi:
"Muhammad sizlardan biron kishining otasi emasdir, balki u Allohning payg'ambari va payg'ambarlarning so'nggisidir"
(Ahzob: 40).
Xotam so'zining "t" harfi fatha bilan ham, kasra bilan ham o'qilgan. Xotamning asl ma'nosi, o'zidan oldingi narsani tugatuvchi deganidir. Yana uning ma'nolaridan biri muhrdirki, maktublarga boshqa biron narsa qo'shilmasin deya muhr qo'yiladi. Shar'iy ma'nosi esa, Muhammad sollallohu alayhi va sallam Alloh taolo xalqlarga yuborgan payg'ambarlarning oxirgisi ekanidir. Ul zot payg'ambarlarning so'nggisi bo'lishlari, rasullarning ham oxirgisi bo'lishini shart qiladi. Imom Muslim va boshqalar Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qildilar, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:
"Albatta, mening va mendan oldingi payg'ambarlarning misoli xuddi bir uyni yaxshilab, chiroyli qilib qurib, bir burchagidan bir g'ishtning o'rnini qoldirib qo'ygan kishiga o'xshaydi. Odamlar uni aylanib ko'rib, qoyil qolishadi va: "Mana shu g'isht ham o'rniga qo'yilganda edi!", deyishadi. Men o'sha g'ishtman. Men payg'ambarlarning so'nggisiman", dedilar"
Shuningdek, imom Muslim Jubayr ibn Mut'im raziyallohu anhudan rivoyat qildi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:
"Mening bir qancha ismlarim bor. Men Muhammadman, Alloh men ila kufrni mahv-yo'q qiladigan Mohiyman, odamlar qadamim ostida (ya'ni, huzurimga) to'planadigan Hoshirman, mendan so'ng payg'ambar kelmaydigan Oqibman".
Abu Dovudning "Sunan"i va boshqalarning hadis devonida Savbon raziyallohu anhudan kelgan uzun hadisda, Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:
"Hali ummatimdan o'ttizta kazzob chiqadi, ularning bari o'zining payg'ambar ekanligini da'vo qiladi, holbuki, men payg'ambarlarning so'nggisiman, mendan keyin bironta payg'ambar kelmaydi".
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning payg'ambarlarning oxirgisi deb iymon keltirish farzdir. Endi kimda-kim ul zotdan keyin payg'ambarlikni da'vo qilsa, shubhasiz, kazzobdir. Iyso ibn Maryam alayhissalom oxirzamonda tushganlarida, bu ummatdan biri singari Muhammad sollallohu alayhi va sallamning shariatlariga binoan hukm qiladilar. Agarda unga vahiy kelib tursa ham, bu sharafli shariatdan chiqmaydilar. Shunga ko'ra, kimda-kim bu ummatda payg'ambarlikni yoki risolatni da'vo qilsa, shubhasiz, uydurmachi kazzob, adashtiruvchi gumrohdir, agarchi g'ayritabiiy yoki ko'zbo'yamachi bir narsa ko'rsatsa ham, agarchi avom xalq va johillar ergashib ketadigan sehr va qalloblik bilan odamlarni ko'zini bo'yasa ham. Xuddi Asvad Ansiy va Musaylima kazzob qo'llarida kuzatilgan, har bir sog'lom aql egasi uning yolg'on ekanini bilgan shaytoniy holatlar va botil safsatalar bo'lganidek. Shuningdek, bu ikkisidan boshqa payg'ambarlikni da'vo qilganlar bo'lgan, unga ergashuvchilar va shavkati ham bo'lgan, ba'zi odamlar bunga aldanib qolganlar. Ularning so'nggilaridan biri Ahmad Qodiyoniy degani bo'lib, yomonligi keng tarqalgandi, uning shubhalariga Hindiston, Pokiston va ko'pgina boshqa mamlakatdagi toifalar va katta olomon fitnalandi, aldandi. Mana shunday qiyomat kuniga dovur payg'ambarlikni da'vo qilganlar bo'lishi mumkin. Ularning eng so'nggisi kazzob Dajjol bo'ladi, u haqida, uning fitnasi va sharridan ehtiyot bo'lish haqida sunnatda vorid bo'lgan. Alloh taolo dedi:
"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Men sizlarga jinlar kimlarga tushishi haqida xabar beraymi? Ular barcha gunohga botgan tovlamachilarga tushadilar"
(Shuaro: 221-222).
Bu esa ana u kazzoblarga shayton (jin)lar kelishiga va ular ko'rsatayotgan narsani odamlarga Allohdan kelgan vahiy yanglig' xayollantirishiga dalolat qiladi. Biroq, Allohning xalqlaridagi sunnati-qonuni shuki, haqqa nur beradi, xurofot va yolg'onlarni esa, asl yuzini ochib tashlaydi va aql egalari uni ko'radi.
Oltinchi:
ﷻ zot oldida ummat zimmasidagi vazifalar.
Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamning olib kelgan narsalarining rostligini va risolatlarining to'g'ri ekanini, uni tasdiqlash vojibligini bilganimizdan keyin, — va bu Muhammad Allohning rasulidir, deb guvohlik berishning dalolatidir. Bu dalolat esa uni tasdiqlab, so'ngra unga ergashishni e'tiqod qilmoq va buning uchun savob berilishiga va tark qilishga jazo tayin qilinishiga iymon keltirmoqdir — bizning zimmamizdagi vojib uni ro'yobga chiqarish va voqeiy hayotimizga tatbiq qilishdir. Bu esa, uning dalolati Kitob va Sunnatda vorid bo'lgan bir qator ishlarda namoyon bo'ladi, ular quyidalardir:
Birinchidan: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga iymon keltirish.
Darhiqiqat, Alloh bunga xuddi Allohga, maloikalarga va kitoblarga iymon keltirishni buyurgandek amr etdi va evaziga ulkan ajr-savob, tark qilganga esa alamli azob va'da qildi.
Alloh taolo dedi:
"Ey mo'minlar, Allohga, Uning payg'ambariga va shu payg'ambariga nozil qilgan Kitobiga hamda ilgari nozil bo'lgan Kitoblariga iymoningiz komil bo'lsin. Kimki Allohga, farishtalarga, kitoblariga, payg'ambarlariga va Oxirat kuniga ishonmasa, (kofir bo'lsa), demak, u juda qattiq adashibdi"
(Niso: 136).
Alloh dedi:
"Ey (Iysoga) iymon keltirgan zotlar, Allohdan qo'rqinglar va Uning payg'ambari (Muhammad alayhis-salotu vas-salom)ga ham iymon keltiringlar, (shunda) ﷻ zot sizlarga O'z rahmatidan ikki hissa ato etur va sizlar uchun (Qiyomat kunida oldilaringizda) yuradigan nur (paydo) qilur hamda sizlarni mag'firat qilur"
(Hadid: 28).
Alloh subhonahu dedi:
"Bas, sizlar Allohga, Uning payg'ambariga va Biz nozil qilgan Nurga — Qur'onga iymon keltiringlar!"
(Tag'obun: 8).
Alloh dedi:
"Bas, Allohga va Uning elchisiga — Alloh va Uning so'zlariga ishonadigan ummiy payg'ambarga iymon keltiringiz"
(A'rof: 158).
Alloh subhonahu va taolo dedi:
"Kim Allohga va Uning payg'ambariga iymon keltirmagan bo'lsa, bas, albatta Biz unday kofirlar uchun do'zaxni tayyorlab qo'ygandirmiz"
(Fath: 13).
Va bundan boshqa bu ma'nodagi oyatlar mavjud.
Imom Muslim va boshqalar Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qildilar, u dedi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
"Hatto ular: "Laa ilaha illalloh", deb guvohlik berib, menga va men olib kelgan narsa (Qur'on va shariat)ga iymon keltirmagunlaricha ular bilan jang qilishga buyurildim".
Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam iymonni mashhur Jibriyl hadisida shu so'zlari bilan ochiqladilar:
"Iymon — Allohga, maloikalariga, kitoblariga, payg'ambarlariga, oxirat kuni va yaxshilik hamda yomonlikning taqdirdan ekaniga iymon keltirishingizdir".
Shubhasiz, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga iymon keltirish, u kishini olib kelgan narsalarida tasdiqlash va risolatining to'g'riligini e'tiqod qilishni lozim qiladi. Aslida iymon, bir narsaning to'g'riligiga qalbdan qat'iy ishonish va xotirjam bo'lish, so'ngra uni bilib, iymon keltirib talaffuz qilish, so'ngra uni uning taqozolariga amal qilish bilan tadbiq qilishdir. Ushbular jamlanganda iymon komil bo'ladi va najot topishga vasila deb e'tibor qilinadi. Qalb tasdig'ining yo'qligi shahodatning asarini yo'q qiladi va uni aytuvchiga foydasi tegmaydi. Shuning uchun Alloh munofiqlarni ushbu so'zi bilan yolg'onchi qildi:
"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), qachon munofiqlar sizning oldingizga kelsalar: «Guvohlik beramizki, siz shak-shubhasiz, Allohning payg'ambaridirsiz», derlar. Alloh darhaqiqat, siz O'zining payg'ambari ekanligingizni bilur, yana Alloh u munofiqlarning shak-shubhasiz, yolg'onchi ekanliklariga ham guvohlik berur"
(Munofiqun: 1).
Ikkinchidan: ﷻ zot sollallohu alayhi va sallamning buyruqlariga itoat etish va bo'yin tovlashdan ehtiyot bo'lish.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga itoat qilish unga iymon keltirishning alomatlaridandir. Uning rostgo'yligini qat'iy tasdiqlash Alloh taolodan yetkazgan narsalarida u zotga itoat qilishni keltirib chiqaradi, endi kimda-kim bunda yoki undan biron narsada qaysarlik qilib yoki bepisandlik bilan u zotga xilof ish tutsa, payg'ambarligiga guvohlik berishda sodiq bo'lmaydi. Zero, Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga itoat qilishni Qur'onning bir qancha o'rinlarida buyurgan, Alloh taolo dedi:
"Ey mo'minlar, Allohga itoat qilingiz va payg'ambarga hamda o'zlaringizdan bo'lgan (ya'ni, musulmon) hokimlarga bo'ysuningiz! Bordiyu biron narsa haqida talashib qolsangiz, — agar haqiqatan Allohga va Oxirat kuniga ishonsangiz — u narsani Allohga va payg'ambariga qaytaringiz! Mana shu yaxshiroq va chiroyliroq yechimdir"
(Niso: 59).
Alloh dedi:
"Allohga itoat qilingiz, payg'ambarga buyinsuningiz va (haromdan) ehtiyot bo'lingiz! Agar (itoatdan) bosh tortsangiz, bilingizki, payg'ambarimiz zimmasida faqat (bizning hukmlarimizni) ochiq-ravshan qilib yetkazish bor, xolos"
(Moida: 92).
Alloh subhonahu va taolo dedi:
"Ayting: «Allohga bo'yinsuningiz va Payg'ambarga bo'yinsuningiz! Endi agar yuz o'girsangizlar, bas, (payg'ambar) zimmasida o'ziga yuklangan narsa (ya'ni, odamlarga Allohning dinini yetkazish) bordir, sizlarning zimmangizda esa o'zlaringizga yuklangan narsa (payg'ambarga bo'yinsunish) bordir. Agar unga bo'yinsunsangiz, hidoyat topursizlar"
(Nur: 54).
ﷻ ma'noning o'xshashi Alloh taoloning shu qavlida ham kelgan:
"Payg'ambar o'zi sizlarga ato etgan narsani olinglar, u zot sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar"
(Hashr: 7).
Alloh taolo hatto u zot sollallohu alayhi va sallamga itoat qilish evaziga ulkan savob tayin qilib, dedi:
"Alloh va payg'ambarga itoat qilingiz. Shoyad Allohning rahmatiga musharraf bo'lsangiz"
(Oli Imron: 132).
Alloh taolo dedi:
"Kim Allohga va Uning payg'ambariga itoat etsa, bas, u ulug' baxtga erishibdi"
(Ahzob: 71).
Xuddi shuningdek, u zot sollallohu alayhi va sallamga itoatsizlik qilganlarga shiddatli uqubat berishlik bilan ogohlantirdi:
"Kim Alloh va Uning payg'ambariga itoat etsa, uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritib, o'sha joyda abadiy hayot baxsh etar. Va bu buyuk saodatdir. Kim Alloh va Uning payg'ambariga itoatsizlik qilib Allohning belgilab qo'ygan hadlaridan tajovuz qilsa, uni abadiy qoladigan joyi bo'lmish do'zaxga kiritur. Va uning uchun xor qilguvchi azob bordir"
(Niso: 13-14).
Va do'zaxiylarning gaplarini hikoya qilib, dedi:
"Ular: «Koshki edi bizlar ham Allohga itoat etganimizda, payg'ambarga itoat etganimizda», derlar"
(Ahzob: 66).
"Sahih" hadislar devonida Abu Hurayra raziyallohu anhuning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan qilgan rivoyati keltiriladi, u zot sollallohu alayhi va sallam dedilar:
"Kim menga itoat qilsa, shubhasiz, Allohga itoat qilibdi. Kim menga osiylik qilsa, batahqiq, Allohga osiylik qilibdi".
Shunga qaramay, u zot sollallohu alayhi va sallam faqat o'zlariga vahiy qilingan narsa (din, shariat)ga buyurdilar. Shu sababdan bunda u kishiga itoat qilish Robbiga itoat qilishning aynisidir. Alloh taolo dedi:
"Kimki payg'ambarga itoat etsa, demak, Allohga itoat etibdi. Kimki yuz o'girsa (buning sizga zarari yo'qdir. Zero), Biz sizni ularning ustiga qo'riqchi qilib yuborganimiz yo'q"
(Niso: 80).
Imom Buxoriy Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qildi, u dedi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
"Bosh tortganlar xorij barcha insonlar jannatga kiradi". (Sahobalar): "Ey Allohning rasuli, qanday bosh tortadi?!", dedilar. Aytdilarki: "Kim menga itoat qilsa, jannatga kiradi, kim menga osiylik qilsa, (jannatga kirishdan) bosh tortgan hisoblanadi".
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga itoat etish — buyurgan narsalarini bajarish va qaytarganlaridan uzoq turish, olib kelgan narsasiga taslim bolish va chiqargan hukmiga rozi bo'lish, uning shariatiga e'tiroz qilishni va chiqargan hukmini tekshirib, tanqid qilishni tashlashdir.
Uchinchidan: Ummat u zot sollallohu alayhi va sallamga tobe bo'lishga va sunnatlariga ergashishga buyurildi.
Buning uchun Alloh hidoyatga erishtirish va mag'firat tayin etdi va uni Alloh taologa bo'lgan muhabbatning sodiqligiga alomat qildi.
"va unga ergashingiz — shoyad hidoyat topursiz"
(A'rof: 158).
Vaqtiki, yahudiylar va nasroniylar o'zlarini Allohning o'g'illari va suyukli bandalari ekanlarini da'vo qilganlarida, quyidagi imtihon oyati nozil bo'ldi:
"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag'firat qiladi. Alloh (gunohlarni) mag'firat qilguvchi, mehribondir». Ayting: «Alloh va payg'ambarga itoat qilingiz!» Agar yuz o'girsalar, bas, albatta Alloh (bunday) kofirlarni sevmas"
(Oli Imron: 31-32).
Alloh dedi:
"(Ey mo'minlar), sizlar uchun — Alloh va Oxirat kunidan umidvor bo'lgan hamda Allohni ko'p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg'ambari (iymon-e'tiqodi va xulqi atvori)da go'zal ibrat bordir"
(Ahzob: 21).
Hech shubha yo'qki, bandalar ularni yaratgan va ularga ne'mat bergan Robbilarini yaxshi ko'rishlari vojib bo'lgan narsalardandir. Biroq, ushbu muhabbat va uning hosil bo'lishi ushbu ulug' Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamga ergashishlikka bog'lab qo'yilgandir. Darhaqiqat, Alloh taolo ul zotga ergashganlarni yaxshi ko'rishligini va ularni mag'firat qilishini, ul zotga ergashishlik savobidan qildi. Mazkur ergashishlik ul zot sollallohu alayhi va sallamga taqlid qilish, uning yo'lidan yurish, siyrati, amallari va go'zal ishlarida unga ergashish, qaytargan barcha narsalaridan uzoq turish, nihoyasi uning yo'rig'idan chiqish bo'lgan unga muxolif bo'lishdan hazir bo'lishdir. "Sahih" hadislar to'plamida ul zot sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar:
"Kim mening sunnatimdan yuz o'girsa, bas, u mendan emas".
To'rtinchidan: ﷻ zot sollallohu alayhi va sallamga bo'lgan muhabbatning chin dildan va butun vujud bilan chinakam bo'lmog'i.
Hatto uning muhabbatini boshqa barcha narsadan muqaddam qo'ymoq lozimki, Alloh taolo bu haqida shunday degan:
"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Agar ota-onalaringiz, bolalaringiz, aka-ukalaringiz, juftlaringiz, qarindosh-urug'laringiz va kasb qilib topgan mol-dunyolaringiz, kasod bo'lib qolishidan qo'rqadigan tijoratlaringiz hamda yaxshi ko'radigan uy-joylaringiz sizlarga Allohdan, Uning payg'ambaridan va Uning yo'lida jihod qilishdan suyukliroq bo'lsa, u holda to Alloh o'z amrini (ya'ni, azobini) keltirganicha kutib turaveringlar. Alloh itoatsiz qavmni hidoyat qilmas"
(Tavba: 24).
Nafs odatda unga moyil bo'lgan, Allohning va Rasulining muhabbati evaziga hayotga ta'sir qiladigan va uni qabul qilganlarga kutib turish bilan tahdid etilgan ushbu sakkiz sinf narsalarni muqaddam qo'yishdan qanday ogohlantirilganiga qarang. Allohning amrini, ya'ni Uning g'azabi va qahrining asarini, azob-uqubatdan bir narsa tushishini kutinglar, deyilyapti. Bu esa Alloh taoloning va Rasuli sollallohu alayhi va sallamning muhabbati muqaddam qilinishi kerakligini ko'rsatgan yetuk dalildir. Buni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o'z sunnatlarida ta'kidlaganlar. Anas raziyallohu anhuning hadisida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qildilar:
"Uch narsa borki, ular kimda bo'lsa, iymon halovatini topadi: Alloh va Uning Rasuli uning uchun ikkovlaridan o'zga hamma narsadan mahbubroq bo'lmoqlari, bir kishiga faqat Alloh taolo uchungina muhabbat qilmog'i va Alloh undan qutqargandan so'ng, kufrga qaytishni xuddi olovga tashlanishni yomon ko'rgandek yomon ko'rishi"
(Muttafaqun alayh). Yana "Sahihayn"da Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
"Birortangiz toki men unga bolasi, otasi va barcha insonlardan mahbubroq bo'lmagunimcha, (komil) mo'min bo'lolmaysiz".
Umar ibn Xattob raziyallohu anhu:
"Allohga qasamki, siz menga o'zimdan boshqa hamma narsadan mahbubroqsiz", deganida, u zot dedilar:
"Unday bo'lmaydi, ey Umar, toki men senga o'zingdan ham mahbubroq bo'lmagunimcha, (iymoning komil bo'lmaydi)". Shunda Umar raziyallohu anhu: "Allohga qasamki, endi siz menga hamma narsadan, hatto o'zimdan ham suyukliroq bo'ldingiz", dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Ana endi bo'ldi (ya'ni, bilding va to'g'ri aytding), ey Umar", dedilar.
(Buxoriy rivoyati).
Darhaqiqat, u zot sollallohu alayhi va sallamni yaxshi ko'rishning savobidan biri oxiratda u zot sollallohu alayhi va sallam bilan birga bo'lish ekanligi hadisda vorid bo'lgan. Bir kishi kelib, u zotdan qiyomat haqida so'raganida, u zot sollallohu alayhi va sallam:
“Qiyomat uchun nima tayyorlading?", dedilar. ﷻ: “Hech narsa, lekin men Alloh va Uning Rasulini yaxshi ko'raman", dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: “Sen o'zing yaxshi ko'rganlaring bilan birga bo'lasan!", dedilar.
"Sahihayn"da Ibn Mas'ud raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:
"Kishi yaxshi ko'rgani bilan birga bo'ladi".
Bu muhabbatga berilajak savob va ajr yetarlidir. Lekin chin muhabbat ul zotga ergashishni, xulqi bilan xulqlanishni va uning sunnatini har qanday kishining roziligidan muqaddam qo'yishni talab qiladi. Shuningdek, ul zot yaxshi ko'rgan va do'st tutganlarni yaxshi ko'rishni, yomon ko'rib, dushman tutganlarni, agar eng yaqin odami bo'lsa ham, yomon ko'rishni talab qiladi. Kimda bular komil topilsa, ushbu muhabbatda rostgo'ydir. Kim unga xilof ish qilsa, yoki undan biron narsani kamaytirsa, shunga ko'ra muhabbati nuqsonli bo'ladi.
Beshinchidan: Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamni hurmat-ehtirom qilish va e'zozlash.
Alloh taoloning quyidagi so'zida kelgani yanglig':
"(Ey insonlar, Biz bu payg'ambarni) sizlar Allohga va Uning payg'ambariga iymon keltirishlaringiz uchun va ﷻ zotni ulug'lab, ehtirom qilishlaringiz uchun (yubordik)"
(Fath: 9).
Va yana Allohning ushbu qavlida kelganidek:
"Ey mo'minlar, sizlar Alloh va Uning payg'ambari oldida (ya'ni, ikkisining iznisiz biron so'z yoki ishga) qadam bosmanglar! Va Allohdan qo'rqinglar! Albatta Alloh eshitguvchi, bilguvchidir. Ey mo'minlar, (toki qilgan yaxshi) amallaringiz o'zlaringiz sezmagan hollaringizda behuda-befoyda bo'lib qolmasligi uchun sizlar (payg'ambar bilan so'zlashgan paytlaringizda) ovozlaringizni payg'ambarning ovozidan yuqori ko'tarmanglar va unga bir-birlaringizga ochiq (dag'al so'z) qilgandek ochiq-dag'al so'z qilmanglar! Albatta Allohning payg'ambari huzurida ovozlarini past qilgan zotlar — ana o'shalar Alloh dillarini taqvo uchun imtihon qilgan (ya'ni, taqvo imtihonidan o'tgan) zotlardir. Ular uchun mag'firat va ulug' ajr-mukofot bordir"
(Hujurot: 1-3).
Alloh ularni u olib kelgan narsaga xilof fikr yoki qarashni uning fikrlaridan muqaddam qo'yishdan, uning huzurida ovozni ko'tarishdan yoki unga sababsiz baqirishdan qaytardi va buning amalni habata qiluvchi ekani bilan ularga tahdid etdi. Alloh taolo dedi:
"(Ey mo'minlar), payg'ambarni chaqirishni o'rtalaringizda bir-birlaringizni chaqirish kabi qilmangizlar (ya'ni, u zotni hurmat-ehtirom bilan «Ey Allohning payg'ambari», deb chaqiringlar)"
(Nur: 63).
Ya'ni, uni bir-birlaringizni chaqirgandek, ismi bilan chaqirmanglar, balki: "Ey Allohning payg'ambari", yoki "Ey Allohning rasuli", deb boshqalardan ajralib turadigan ismi bilan chaqiringlar. Bu ismlar fazilat va ustunlikni ifodalagan va Alloh uni bular bilan xoslagan ismlardir.
Ul zotni e'zozlab, hurmat-ehtirom etib, ulug'lash haqida gapirsak, uning sunnatini ulug'lash va unga ergashuvchilar ko'nglida uning qadrini ko'tarishdirki, u sababli ul zotga ergashish, buyruqlariga quloq tutib, qaytarganlaridan uzoq bo'lish hosil bo'ladi.
Oltinchidan: Hukm so'rab u zotga murojaat qilish va chiqargan hukmiga rozi bo'lib, unga e'tiroz bildirmaslik.
Alloh dedi:
"Bordiyu biron narsa haqida talashib qolsangiz, u narsani Allohga va payg'ambariga qaytaringiz!"
(Niso: 59).
Alloh dedi:
"(Payg'ambarning) amriga xilof ish qiladigan kimsalar o'zlariga biron fitna-kulfat yetib qolishdan yoki alamli azob yetib qolishidan hazir bo'lsinlar!"
(Nur: 63).
Ummat ul zotdan so'ng hukm so'rashni va kelishmovchilikda murojaatni sunnatlariga qilish haqida ijmo qilgan. Ushbu oyatlar u zotga muxolif bo'lishning va sunnatidan dalil sifatida foydalanishni man' qilishning haromligini ko'rsatuvchi buyuk hujjatdir. Uning ishiga xilof ish qiladiganlarga fitna, ya'ni shirk yoki (haq yo'ldan) og'ish hamda alamli azob yetishi bilan qanday ogohlantirilganiga boqing. O'rtalarida yuzaga kelgan har qanday kelishmovchiliklarda u zotni hakam qilib, chiqargan hukmiga ichlarida hech qanday tanglik qolmay yoki malomat qilmay, to'la bo'ysunmagunlaricha ularda iymon bo'lmasligiga qanday qasam ichganiga qarang. Endi uning sunnatining hikmatlarini bilgandan keyin beparvolik qilib, mensimay, unga odatlar, fikrlar, qo'yilgan qonunlar va boshqalarni ro'kach qilib yuz o'girish bilan tark qilganlarga qanday tahdid va qo'rqituv bo'lishini tasavvur qilavering.
Yettinchi:
Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam haqlarida haddan oshmaslik va o'rtamiyona bo'lish.
Allohning xalqlaridagi sunnat-qonunlari tafrit va ifrotga tushishlari ko'rinishida davom etdi. Aksariyat holatda har bir ummatdan ayrimlari chuqur ketish yoki beparvolikka tushadi. Shu sababdan Nabiy sollallohu alayhi va sallam o'zlariga tobe bo'lgan ummatlarini u zot haqida g'uluvga ketishdan, Alloh taoloninggina haqqi bo'lgan narsalardan birontasini u zotga berishdan ogohlantirdilar. Bu narsa quyidagilar bilan ravshan bo'ladi:
Birinchidan: Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam bashar (inson) bo'lishdan chiqmadilar.
Alloh taolo dedi:
"Hech shak-shubha yo'qki, men ham sizlar kabi bir odamdirman. Menga ilohingiz yolg'iz Allohning O'zi ekani vahiy etilmoqda"
(Kahf: 110).
ﷻ zot faqat vahiy bilan boshqalardan ajralib turganlarini bayon qildilar, xolos.
Alloh taolo dedi:
"Ayting: «Ey рok Parvardigorim, men faqat elchi-payg'ambar bo'lgan bir odam edim-ku!»"
(Isro: 93).
Mana mushriklar u zotdan yerdan chashmalar otiltirishini yoki osmonni ustlarida parcha-parcha qilib tushirishini va shunga o'xshagan narsalarni talab qilganlarida, bularni faqat Robbilari qila olishini, o'zini esa, Alloh zimmasiga yuklagan risolat bilan ajralib turishini ularga bayon qildilar.
Darhaqiqat, Alloh o'tgan ummatlarning payg'ambarlarning risolatlaridan ularning ham bashar ekanligini aytib ta'na qilganlari haqida hikoya qildi. Alloh taolo Hud va Solih (alayhimassalom) qavmi haqida shunday marhamat qilgan:
"Bu ham xuddi sizlarga o'xshagan odam. ﷻ ham sizlar eydigan narsadan eydi, sizlar ichadigan narsadan ichadi. Qasamki, agar sizlar o'zingizga o'xshagan odamga itoat qilib (o'z butlaringizdan kechsangizlar), u holda albatta ziyon ko'rguvchidirsizlar"
(Mu'minun: 33-34).
Va Muhammad sollallohu alayhi va sallamni yolg'onchiga chiqaruvchilarning shunday deganliklarini hikoya qildi:
"Nega bu payg'ambar (oddiy odamlardek) taom yer va bozorlarda yurar?!"
(Furqon: 7).
Ya'ni, u ham tirikchilik qilib, rizq topish maqsadida harakat qiladi-ku?! Alloh bunga shu so'zi ila javob berdi:
"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizdan ilgari yuborgan barcha payg'ambarlar ham, shak-shubhasiz, taom yer va bozorlarda yurar edilar"
(Furqon: 20).
Ya'ni, ular maloika emaslar. Odatda insonlar maloikalarni ko'rolmaydilar, agar Alloh maloikani payg'ambar qilib jo'natganida, hatto u inson suratiga kirmagunicha uni ko'rolmagan bo'lardilar, u holda yana o'xshashlik o'rtaga chiqardi. Alloh taolo dedi:
"Agar uning (payg'ambarning) o'zini farishta qilsak ham, uni er kishi (ya'ni, inson suratida) qilgan va ularga noaniq holda turgan narsani yana xiralashtirgan bo'lur edik"
(An'om: 9).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan namozda unutish sodir bo'lganda, sahobalar balki namoz qisqargandir degan gumon bilan ul zotga aytmadilar, o'shanda ul zot shunday dedilar:
"Men ham sizlar kabi insonman, siz unutganingizdek unutaman. Shunday ekan, (biron narsani) unutsam, menga eslatinglar!"
(Muttafaqun alayh).
Payg'ambarlar ham bir inson ekan, demak, ularga Allohning haqlaridan bo'lgan biron sifat va ishni ularga nisbatlashlik nomunosib ishdir.
Ikkinchidan: Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam g'aybni bilmaydilar.
ﷻ zot sollallohu alayhi va sallam faqat Alloh xabar bergan va vahiy qilgan narsalarnigina (ummatlariga) xabar berganlar. Alloh taolo dedi:
"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Men sizlarga: «Huzurimda Allohning xazinalari mavjud», demayman va g'aybni ham bilmayman. Yana sizlarga: «Men farishtaman», ham demayman. Men faqat o'zimga vahiy qilingan narsalargagina ergashurman"
(An'om: 50).
Alloh taolo dedi:
"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Men payg'ambarlardan yangi — birinchisi emasman (ya'ni, mendan avval ham Allohning payg'ambarlari o'tgan-ku, nega sizlar mening payg'ambarligimga hayron bo'lib, inkor qilmoqdasizlar?!) Men (kelajakda) na o'zimga va na sizlarga nima qilinishini bilmasman (ya'ni, g'aybdan xabardor emasman)"
(Ahqof: 9).
Alloh taolo dedi:
"Agar g'aybni bilganimda edi, yaxshi amallarni ko'paytirgan bo'lur edim va menga biron ziyon yetmagan bo'lur edi"
(A'rof: 188).
G'aybni faqat Alloh taologina biladi. G'ayb ishlaridan biron narsani xalqlaridan ayrimlariga (ya'ni, payg'ambarlarga) mo''jiza va ularning rostgo'yligiga dalil sifatida bildirgan bo'lishi mumkin, xolos. Bu haqida Alloh taolo shunday degan:
"(ﷻ zot) g'aybni bilguvchidir. Bas, O'z g'aybidan biron kimsani ogoh qilmas. Faqat O'zi rozi bo'lgan payg'ambarnigina (O'zining g'aybidan sir-asrorining ayrimlaridan ogoh etar). Bas, albatta ﷻ (Alloh O'zining g'aybidan ogoh qilib qo'ygan har bir payg'ambarning) oldidan ham, ortidan ham kuzatguvchi (farishta) yo'llar"
(Jin: 26-27).
Ya'ni, Alloh taolo o'tmishda bo'lib o'tgan yoki kelajakda bo'ldigan g'ayb ishlarni O'zi rozi bo'lgan kishilar, ya'ni payg'ambarlarga bildirishi mumkin va bunga monelik qiladigan narsa yo'q. Alloh taolo dedi:
"Ayting: «Osmonlar va Yеrdagi biron kimsa g'aybni bilmas, magar Allohgina (bilur)». Ular qachon qayta tirilishlarini ham seza olmaslar"
(Naml: 65).
Ul zotning kelajakda sodir bo'ladigan hodisalar haqida xabar berganliklari ham Allohning O'z Rasuli sollallohu alayhi va sallamga maloikalardan bo'lgan elchi vositasi ila xabar bergan, yoki Alloh unga ochgan va ilhomlantirgan bir vahiy jumlasidandir. Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam va undan oldingi payg'ambarlarning ham vasflari bunday ekan, yolg'iz Allohning haqqi bo'lgan narsa-ibodatni ularga yo'naltirish ham, Rob taologa xos bo'lgan vasflar bilan ularni vasflash ham durust bo'lmaydi. Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam Rubay' bint Muavvizning ikki joriyasining quyidagi so'zlarini inkor qildilar:
"Oramizda ertaga (kelajakda) nima bo'lishini biluvchi bir payg'ambar bor"
(Termiziy rivoyati).
Oisha raziyallohu anho dedi:
"Kimda-kim senga Muhammad ertaga (kelajakda) nima bo'lishini biladi, desa, hargiz tasdiqlamagin"
(Buxoriy rivoyati).
Jibriyl alayhissalom hadisida qiyomat haqida so'raganligi vorid bo'lgan, shunda Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam quyidagicha javob berganlar:
"ﷻ haqda so'ralayotgan kishi so'rovchidan ko'proq bilguvchi emas. Sizga uning alomatlari haqida aytib beray: Cho'ri o'zining xo'jayinini tug'ishi va o'zlari yalangoyoq, yalang'och, kambag'al bo'lgan qo'yboqarlar faxr va riyo uchun bino qurayotganini ko'rasiz. Va besh narsa borki, ularni yolg'iz Allohgina biladi, dedilar va ushbu (oyat)ni o'qidilar: "Darhaqiqat, yolg'iz Allohning huzuridagina (Qiyomat) soati (qachon bo'lishi to'g'risidagi) bilim bordir. ﷻ (O'zi xohlagan vaqtda, O'zi xohlagan joyga) yomg'ir yog'dirur va (onalarning) bachadonlaridagi homilalarini (o'g'ilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini) bilur. Biron jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon qay yerda o'lishini ham bila olmas"
(Muttafaqun alayh).
Mazkur besh narsa Alloh taoloning quyidagi so'zida aytilgan g'ayb ochqichlaridir:
"G'ayb ochqichlari Uning huzuridadirkim, ularni yolg'iz O'zigina bilur"
(An'om: 59).
Shunday ekan, ulardan biror narsani bilishlikni da'vo qilgan, yoki uni bashardan birortaga nisbatlagan kimsa, kazzobdir.
Uchinchidan: Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam boshqalar u yoqda tursin, o'zlariga ham foyda ham, zarar ham berolmaydilar.
Alloh dedi:
"Ayting: «Men o'zim uchun ham na foyda va na ziyon yetkazishga ega bo'la olaman. Magar Allohning xohlagani bo'lur"
(A'rof: 188).
Alloh taolo dedi:
"Ayting: «Albatta men sizlarga na bir ziyon va na bir to'g'ri yo'l berishga ega emasdirman, (To'g'ri yo'lga solguvchi ham, ziyon yetkaza olguvchi ham yolg'iz Allohdir)»"
(Jin: 21).
Bu faqat mulkning yolg'iz Allohga oid ekanligidandir. Foyda va zarar, berish va man' qilish Uning qo'lidadir. Uning hukmini qaytaruvchi va tekshiruvchisi yo'qdir, ﷻ Molikul mulk (butun mulk sohibi)dir. Xaloyiqning barchasi, ularning orasida payg'ambarlar ham bor, mamluk-quldirlar. Alloh taoloning quyidagi so'zi ularni bir orada jamlagan:
"Ular na osmonlarda va na Yerda bir zarra vaznicha (narsa)ga ega emasdirlar va ular uchun (osmonlar va Yerda Allohga) sheriklik ham yo'qdir hamda (Alloh) uchun ulardan biron yordamchi ham yo'qdir"
(Saba': 28).
Shayxulislom Ibn Taymiya ushbu oyat so'nggida aytadi: "Alloh O'zidan o'zgalardan mushriklar unga nisbatlagan barcha narsani rad qildi. O'zgalardan mulkka yoki mulkdan bir ulushiga egalikni yoki Allohga yordamchi bo'lishni va hokazolarni rad etdi".
Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi va sallamga shunday dedi:
"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz uchun bu ishda (ya'ni, bandalarga najot berish yoki ularni halok qilish ishida) hech bir narsa (ya'ni, inon-ixtiyor) yo'qdir"
(Oli Imron: 128).
Bu ushbu holatda nozil bo'lgandi, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam Uhud jangida boshlari yorildi, oldingi tishlari sindi, o'shanda shunday dedilar:
"Payg'ambarlarining yuzini yorib jarohatlagan qavm qanday najot topsin?!"
Yoki bu, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam ayrim Makka mushriklarini duoi ba'd qilib qunut o'qiganlarida nozil bo'lgandi, Alloh taolo u kishining bu ishini inkor qildi va butun ishlar yolg'iz Allohga tegishli, undan biron narsaga u kishining ixtiyorlari yo'q ekanligini bildirdi.
"Sahih" hadislar devonida kelgan hadisda, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam o'z yaqinlari va qarindoshlarini ogohlantirib, shunday dedilar:
"O'z jonlaringizni do'zaxdan qutqaringlar, men Alloh huzurida sizlarga hech narsa qilib berolmayman".
Bu gapni hatto amakisi, ammasi va qiziga ham aytdilar. Bir boshqa rivoyatda bunday dedilar:
"O'z jonlaringizni sotib olinglar"
Ya'ni, Allohni yakkalash va ibodatni Unga xolis qilish, buyruqlariga itoat, qaytargan narsalaridan tiyilish bilan o'zlaringizni sotib olinglar, chunki bular nasab va qarindoshlikka qaramay, kishini do'zaxdan qutqaruvchi narsalardir. Bu narsa qarindoshlarini qutqarib olishini va ularni shafoat qilishini gumon qilgan ayrim kishilarning gumonlarini bekor qiladi. Darhaqiqat, bu gumon ko'pchilikning ko'ngliga o'tirgan va keng tarqalgandir, ular Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamga nasabda bog'lanishlarining o'ziga suyanganlarini va uni sharaf deb sanab, amal qilmasa ham najotga va shafoatga erishishlarini umid qilganlarini ko'rasan, ular amal qilmaslikni qo'yaturing, ul zotning sunnatlariga teskari ishlarni qilib, Alloh va Rasuliga osiylik qiladilar. Shuningdek, yana boshqalari ul zotga ergashmay, itoat qilmay u zotni yaxshi ko'rishlariga umid bog'laydilar va mana shu mavhum muhabbatlarining o'zi, bu muhabbatning alomati bo'lgan u zotga taqlid qilish va yo'llaridan yurishga teskari ishlarni qilib yurishlariga qaramay, ularni shafoatga noil qiladi, deb e'tiqod qiladilar. Vaholanki, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam o'zlariga ham na foyda va na zarar beroladilar va agar osiylik qilsa, o'zlaridan na zararni va na azobni ketkazoladilar. Alloh taolo bu haqida shunday degan:
"Ayting: «Albatta meni Alloh(ning azobi)dan (agar ﷻ zotga osiylik qilsam), biron kimsa himoya qila olmas va men ﷻ zotdan o'zga panoh ham topa olmasman"
(Jin: 22).
Endi u zot sollallohu alayhi va sallamdan boshqa yaqinu uzoq kishilarning ahvoli qanday bo'larkan?!
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o'z yaqinlariga ularni Allohning azobidan qutqara olmasliklarini, ularni jannatga kiritolmasliklarini, ularni Allohga yaqin qilolmasliklarini, balki ularni do'zaxdan qutqaradigan narsa o'z amallari ekanligini bayon qildilar.
"Sahih" hadislar devonida, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam amakisi Abu Tolibning hidoyatga kelishi uchun ko'p harakat qilganliklari, biroq bunga qodir bo'lmaganlari rivoyat qilingan. Abu Tolib o'lim to'shagida ekan, u zot keldilar va unga shunday dedilar:
"Ey amaki, "Allohdan o'zga haq iloh yo'q", deng, Alloh huzurida siz uchun shu kalima bilan hujjatlashay (do'zaxdan qutqarishini Allohdan so'ray)".
Baxtga qarshi, uning yonida o'tirgan yomon hamrohlari shaytoniy hujjatni talqin qilishdi va uning oxirgi so'zi: Abdulmuttolibning millati (dini)da qoldim, bo'ldi. Bu haqida Alloh taoloning ushbu oyati nozil bo'ldi:
"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), aniqki, siz o'zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz, lekin Alloh O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur"
(Qаsаs: 56).
Bu qissada Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamning haqlarida g'uluvga ketuvchi va u zotdan musibatlarning kushoyishini, gunohlarning kechirilishini so'rovchi, mushkul holatga tushganda "Yo Rasululloh! (Najot ber!)" deb, ismlarini aytib nido qiluvchi mushriklarning shubhalarini botil qiluvchi buyuk dalil bor.
Xalqlarning eng afzali, Allohga eng yaqini, Alloh huzurida hurmat e'tiborga ega bo'lgani Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdek zot, amakilari Abu Tolibning tirikligida ham, o'lim to'shagida yotganida ham musulmon bo'lishini qattiq xohlashlariga qaramay, bunga qodir bo'lolmadilar. Chunki Alloh taolo Abu Tolibga badbaxtlikni yozgandi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uning haqqiga istig'for aytmoqchi bo'ldilar, lekin Alloh taolo shu so'zi bilan bundan qaytardi:
"Na payg'ambar va na bu mo'minlar — agar mushriklar qarindoshlari bo'lsa ham — ularning do'zax egalari ekanliklari aniq ma'lum bo'lganidan keyin, u mushriklar uchun mag'firat so'rashlari joiz emasdir"
(Tavba: 113).
Bunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning boshqalarga, agar ular u zot (sollallohu alayhi va sallam)ga duo qilsa ham, undan umid etsa ham, uning ismini aytib nido qilsa ham, uni qattiq yaxshi ko'rishini da'vo etsa ham, ularga na foyda berishga va na zararni ketkazishga qodir emasliklariga dalil bor. Agar Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam qalblarni hidoyatga boshlash yoki musibatlarni ketkazishdan biron narsaga qodir bo'lganlarida edi, bunga odamlardan eng haqli bo'lgan kishi — u zotni o'z kafolatiga olgan, uni himoya qilgan, u bilan mushriklarning ozorlari orasida to'siq bo'lgan katta amakilari Abu Tolib bo'lardi. Agar uning hidoyati va najotiga qodir bo'lmagan ekan, qolganlarni hech gapirmasa ham bo'laveradi.
To'rtinchidan: Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamning banda ekanligi sharaf va fazilatdir.
Ikki sahih hadislar devonida Umar raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:
"Nasroniylar (Iyso) Ibn Maryamni ulug'lab, ko'tar-ko'tar qilib yuborganlaridek, meni ulug'lamanglar! Chunki men bir bandaman, shunday ekan, "(Meni) Allohning bandasi va rasuli", denglar!".
Shayx Sulaymon ibn Abdulloh rahimahulloh "Tavhid" kitobi sharhida (272-betda) ushbu:
"Chunki men bir bandaman, shunday ekan, "(Meni) Allohning bandasi va rasuli", denglar!", hadisi sharhida shunday deydi:
Ya'ni, meni maqtab, xuddi nasroniylar Iysoni maqtashda chuqur ketib, unda rububiyatni da'vo qilganlari kabi maqtovda chuqur ketmanglar, balki men Allohning quliman, shunday ekan, Robbim meni u bilan vasflaganidek, qullik sifati bilan vasflanganlar va "Allohning quli va rasuli", denglar! Qabrga ibodat qiluvchilar bunga unamadilar, uning ishiga xilof qildilar, qaytargan narsalarini qildilar va unga o'ta zid yo'lni tutdilar. Ular agar ul zotni Allohning bandasi va rasuli, unga duo qilinmaydi, undan madad so'ralmaydi, unga nazr etilmaydi, hujrasi tavof qilinmaydi, u bunday ishlarga qodir emas, Alloh bildirgan g'ayb ishlaridan boshqasini bilmaydi, deb vasflasak, obro'sini to'kkan, qadrini tushirgan bo'lamiz, deb martabalaridan yuqoriga ko'tardilar, nasroniylar Iysoda da'vo qilgan, yoki o'shanga yaqin narsani ul zotda da'vo qildilar va undan gunohlarning mag'firati va musibatlarning kushoyishini so'radilar.
Shayxulislom "Al-Istig'osa" degan kitobda o'z zamondoshlaridan ayrimlarining Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Allohdan so'raladigan har qanday madadni so'rashlikni joiz deganligini aytib o'tgan va unga alohida bo'lim ajratgan. Unda aytiladiki, u kimsa: "Shubhasiz, Nabiy sollallohu alayhi va sallam Alloh bilmagan g'ayb ishlarini biladi", degan.
Shayxulislom yana unga o'xshagan, dars berib, o'zini fatvoga loyiq ko'rgan boshqa biri haqida aytadi: u shunday der edi: "Nabiy sollallohu alayhi va sallam Alloh bilgan narsalarni biladi, Alloh qodir bo'lgan narsalarga qodirdir va bu sir u zotdan so'ng Hasanga, so'ngra Hasanning zurriyotlariga va oxiri Abul Hasan Shoziliyga ko'chib o'tgan".
Ular aytadilarki: Bu qutub, g'avs (madadkor), tanholik va jomelik (jamlovchi) maqomidir. Ulardan Alloh taoloning quyidagi so'zi haqida:
"hamda erta-yu kech ﷻ (Alloh)ni poklab, tasbeh aytishlaringiz uchun (yubordik)"
(Fath: 9).
Erta-yu kech poklab, tasbeh aytiladigan zot u Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdir, deydiganlari bo'lgan.
Va ulardan "Biz Allohga va Uning rasuliga ibodat qilamiz", deydiganlari bor. Bu bilan ular Rasulullohni ma'bud qilib oldilar.
Busiriy bunday degan:
Sening saxovatingdandir dunyo va yo'ldoshi, Sening ilmingdandir lavh va qalam ilmi.
ﷻ dunyo va oxiratni uning saxovatidan qildi. Yana Lavhul mahfuzdagi narsalarni biladi, deb jazm qildi. Bu o'sha mudarris haqida Shayxulislom hikoya qilgan narsalar edi. Bularning bari ochiq kufrdir.
Ajablanarli joyi shundaki, shayton ularga bu narsalarni ul zot alayhis-salotu va vas-salomga muhabbat, uni ulug'lash va unga ergashish suratida ko'rsatdi va bu shaytoni la'inning ishidir. Zero, shayton ilmning nuridan yorug'lik istamagan, mustahkam asosga tayanmagan kishilarni chorva hayvonlari singari har qanday baqiruvchiga ergashib ketishi uchun haqni botilga qorishtirib ko'rsatmasa bo'lmasdi axir. Chunki bu ulug'lashlik emas, asl ulug'lashlikning o'rni qalb, til va a'zolardir. Ana o'shalar u zotdan eng uzoq odamlardir. Qalb bilan ulug'lash: u zotning banda va rasul ekanligiga bo'lgan e'tiqod, uning muhabbatini o'zi, otasi, bolasi va barcha odamlar muhabbatidan muqaddam qo'yishni keltirib chiqaradigan narsadir. Bu muhabbatni ikkita narsa tasdiqlaydi:
Birinchisi: Xolis tavhid. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tavhidni xolis qilishga odamlarning eng harisi edilarki, hatto shirkka olib boradigan barcha sabab va vasilalarni uzib tashlagandilar. Bir kishi u zotga: "Alloh va siz xohlasangiz bo'ladi", deganda, u zot shunday dedilar:
"Meni Allohga tengdosh (sherik) qildingmi?! Unday dema, faqat Alloh xohlagan narsa bo'ladi", degin!
(Ahmad rivoyat qilgan). Yana Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam Allohdan boshqaning nomiga qasam ichishdan qaytarib, uning shirk ekanligini bildirdilar. Yana qabrga qarab namoz o'qishdan, yoki qabrni masjid yoki sayilgoh qilib olishdan, yoki qabr ustiga chiroq yoqishdan qaytardilar. ﷻ zot olib kelgan din mana shu najot toshining o'qi bo'lgan asos atrofida aylanadi. Hech kim Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam so'z, amal va sabablarning oldini olish bilan qaror qilgan narsaga teskari ish qilmagan. Demak, u zot sollallohu alayhi va sallamni ulug'lashlik ham uning bundagi ishiga muvofiq, unda u zotga teskari bo'lmagan ko'rinishda bo'lishi kerak.
Ikkinchi: Kichik va katta ishlarda faqat u zot sollallohu alayhi va sallamdan hukm so'rash va unga ergashish Dinning asosi va bo'limlaridan bo'lib, uning hukmiga rozi bo'lish, bo'ysunish, taslim bo'lish, unga muxolif bo'lgan narsalardan yuz o'girish va qiyo boqmaslik, hatto so'zi qabul qilingan, ergashilgan hokim faqat o'zi bo'lsin va unga xilof bo'lgan narsalar rad etilsin. Xuddi Rob taolo yolg'iz O'zi ma'bud, iloh, madad so'raluvchi, unga intilib, qo'rqiladigan, unga tavakkul qilinadigan, musibatu mashaqqatlarni arituvchi, gunohlarni mag'firat qiluvchi, dunyoyu oxirat qudratida bo'lgan, xalqlarni yaratgan, ularga rizq bergan, ularni qayta tiriltiradigan, mag'firat va rahmat qilgan, hidoyat bergan va adashtirgan, baxtli va baxtiqaro qilgan, undan o'zga kim bo'lsa bo'lsin, na Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam, na Jibriyl alayhissalom va na boshqa bironta bu ishlardan birontasiga qodir bo'lmaganidek. Mana shu ulug'lovchi kishining holiga muvofiq haq ta'zim bo'lib, ulug'lovchining hayoti va oxirati uchun manfaatli, iymonining sharti va majburiyatidir. Endi til bilan ulug'lashlikka kelsak, u zot sollallohu alayhi va sallamni loyiq bo'lgan bichimda Robbi uni maqtagan vasflar bilan va o'zi o'zini, qabrga ibodat qiluvchilar g'uluvga ketganidek, chuqur ketmasdan va qusursiz shaklda maqtagan narsalari bilan maqtashlikdir. Qabrga ibodat qiluvchilar u zot sollallohu alayhi va sallamni maqtashlikda o'ta chuqur ketdilar. A'zolar bilan ulug'lash esa, u zot sollallohu alayhi va sallamga itoat qilish, uning dinini g'olib qilish yo'lida sa'y-harakat qilish, olib kelgan yo'llariga yordam berish va unga muxolif bo'lganlarga jihod qilishdir.
Xulosa qilib aytganda: Foyda beruvchi ulug'lash — u sollallohu alayhi va sallamni xabar bergan narsalarida tasdiqlash, unga buyurgan ishlarida itoat qilish, qaytargan va ogohlantirgan narsalaridan qaytish, uning uchun do'stlashish va dushman bo'lish, yaxshi ko'rish va yomon ko'rish, faqat uni hokim qilish, chiqargan hukmiga rozi bo'lish, undan boshqa tog'utlarga hukm talab qilib bormaslik, agar boshqalarning so'zlari u zot sollallohu alayhi va sallamning so'zlariga muvofiq kelsa, uni olishlik, xilof kelsa, uni tark qilish, yoki ta'vil etish, yoda undan voz kechishlikdir. Alloh subhonahu shohid, Uning shohidligi yetarlidir, yana maloikalar, payg'ambarlar va avliyo bandalar guvohdirlarki, muvahhidlar xasmi bo'lgan qabrga ibodat qiluvchilar bunday emaslar. Allohning O'zi yordam beruvchidir.
Bu shayxning (Alloh uni rahmat qilsin) gaplari edi. Darhaqiqat, u o'z zamonasi va undan oldin yashagan tavhidni bilmaydigan odamlardan shohid bo'lgan narsalarni hikoya qilgan. Ular Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamni yaxshi ko'rishlarini da'vo qilib, u zotni madh etishni oshirib yubordilar, hatto egalik, bilish va boshqarish kabi faqat Alloh taologina vasflanishga haqli bo'lgan sifatlar bilan u zotni vasfladilar. Hatto duo qilish, umid etish, ishlarni topshirish va suyanish singari yolg'iz Alloh azza va jallaning haqqi bo'lgan narsalarni u zotga ishlatdilar. Shayx (Alloh uni rahmat qilsin), "Tavhid" kitobi sharhida (186- va undan keyingi betlarda) Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam haqlarida g'uluv va chuqur ketganlarning ba'zi so'zlarini va Busiriyning "Burda qasidasi"dan quyidagi baytlarni keltirdi:
Ey xalqlarning mukarrami, suyanchig'im yo'qdir mening Boshga musibat tushgan onda sendan o'zga.
Va bundan keyingi baytlarni keltirdi, so'ngra ulardagi ochiq shirklarni bayon qildi. Yana shuningdek, Bar'iyning maqtovda haddidan oshib, g'uluvga ketgan, ochiqchasiga Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamga ibodat qilishga tushib, Robbi azza va jallani unutgan she'ridan parcha keltiradi. Shuningdek, Niamiy "Maorijul albob"da (169- va undan keyingi betlarda) g'ulotlar (chuqur ketuvchilar)ning ba'zi so'zlarini va o'liklarga ko'ngil bog'lashdagi mubolag'alarini zikr qiladi. Shular jumlasidan, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamga ochiq shirkni o'z ichiga olgan she'rning baytlari quyidagicha, uning boshida shunday deyilgan:
Ey sayyidim! Ey sofiyyuddin! Ey sunyachig'im! Ey tayanchim! Balki Ey xazinam, Ey iftixorim mening!
Sen mening boshpanamsan, boshpanasiz qolishdan qo'rqqanimda, Sen mening borar joyimsan, baxtsiz hodisalar ro'y berganda.
O'sha shirkiy baytlarini oxirgacha keltirdi va shayx (Alloh uni rahmat qilsin), unga quyidagi so'zlari bilan sharh berdi: Talab etish kayfiyati yoki maqsadni hosil qilishda bundan keyin Xoliqqa nima nasiba qolishini bilmaymiz.
Bu xabis mushrik (aslida Allohdan so'ralishi shart bo'lgan) ishdan biron narsani qoldirdimi?! Hatto butparast mushriklar ham Allohdan o'zga sig'ingan narsalaridan birontasini bundan biron narsaga, hatto undan ozigina narsaga ham qodir deb bilmasdilar (Iqtibos tugadi).
Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ummatlariga mana shu chuqur ketishdan qo'rqdilar va uning sabablaridan ogohlantirdilar. Abu Dovud yaxshi sanad bilan Abdulloh ibn Shixxir raziyallohu anhudan rivoyat qildi, u dedi:
Bani Omir qabilasidan bir guruh elchilar ichida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yoniga keldim va "Siz sayyidimizsiz", dedik. Shunda u zot: "Sayyid Alloh taboraka va taolodir", dedilar. Biz: "Fazilatda eng fazilatlimiz, ulug'likda eng ulug'imizsiz", dedik. Shunda u zot: "Bu aytganlaringizni yoki uning ba'zisini aytinglar", dedilar.
Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Ayrim odamlar: "Ey Rasululloh, ey yaxshimiz va yaxshimizning o'g'li, ey sayyidimiz va sayyidimiz o'g'li", dedilar. Shunda u zot: "Ey insonlar, o'zlaringizning so'zlaringizni aytaveringlar, tag'in shayton sizlarni yo'ldan urmasin! Men Muhammadman, Allohning bandasi va rasuliman. Alloh azza va jalla menga bergan martabadan yuqoriga ko'rtarishlaringni xush ko'rmayman"
(Nasoiy yaxshi sanad bilan rivoyat qilgan).
Buning misollari sunnatda ko'pdir. Masalan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
"Mendan yordam so'ralmaydi, balki yordam Allohdan talab qilinadi".
(Tabaroniy rivoyat qilgan).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bir kishiga aytgan so'zlari o'tdi, o'sha kishi shunday degandi:
"Alloh xohlasa va siz xohlasangiz bo'ladi". Shunda u zot: "Meni Allohga tengdosh (sherik) qildingmi?! Unday dema, faqat Alloh xohlagan narsa bo'ladi", degin!", dedilar.
Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam butun xalqlarning sayyidi, eng fazilatlisi va eng yaxshisidirlar, lekin u zot sollallohu alayhi va sallam maqtovni, ayniqsa, maqtovchilar oldida maqtalishni yoqtirmas edilar, aytar edilarki:
"Agar maddohlarni uchratsangizlar, yuzlariga tuproq sochinglar"
(Imom Muslim rivoyat qilgan). Bunga sabab, maqtov maqtalgan kishini amallarni habata qiluvchi yoki tavhidga nuqson keltiruvchi kibr va o'ziga bino qo'yishga tushirishi mumkin bo'lganidandir.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Robbiga qul bo'lishlik bilan faxrlanardilar. Qullik — Allohga tavozeda bo'lish va shikastanafslikdir. Va bu sharaf va fazilatdir. Shuning uchun Alloh uni abd-qul ismi bilan zikr qildi:
"Agar biz bandamizga tushirgan narsadan (Qur'ondan) shak-shubhada bo'lsangiz..."
(Baqara: 23).
Yana ushbu qavlida:
"(Alloh) O'z bandasi (Muhammad)ni kechasi sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok Zotdir"
(Isro: 1).
Va yana Allohning ushbu qavlida kelganidek:
"(Barcha) hamdu sano Alloh uchundir. ﷻ zot bandasi (Muhammad)ga Kitobni (Qur'onni) nozil qildi"
(Kahf: 1).
Va ushbu qavlida kelgani kabi:
"Albatta, qachonki Allohning bandasi (ya'ni, Muhammad alayhis-salotu vas-salom) ﷻ zotga duo-iltijo qilgan holda turganida..."
(Jin: 19).
Shubhasiz, Alloh taologa qullik o'ta shikastanafslikni va oliy muhabbatni taqozo etadi. Allohga shikastanafs bo'lish — xokisorlik, qo'rquv va Alloh taologa bo'ysunishni hamda kishi Uning qarshisida o'zini haqir, tuban va qosir ko'rishini talab qiladi, bu esa o'zini ayblab, Robbining fazli va ne'matini e'tirof etishiga sabab bo'ladi. Shuningdek, muhabbat — so'z, amal va istaklardan Alloh yaxshi ko'rgan narsalarni yaxshi ko'rish va yomon ko'rganlarini yomon ko'rishdir, bu bilan olamlar Robbiga qullik qilish sifati komil bo'ladi.
Beshinchidan: Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamning anbiyo va rasullar singari vafot etganlari. Alloh taolo dedi.
"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), hech shak-shubhasiz, siz ham o'lguvchidirsiz, ular ham o'lguvchidirlar"
(Zumar: 30).
Alloh taolo dedi:
"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizdan avval ham biron odamzodga abadiy hayot bergan emasmiz. Bas, agar siz o'lsangiz, ular abadiy qolurlarmi?! (Yo'q, ular ham mangu qolmaslar). Har jon o'limni totib ko'rguvchidir"
(Anbiyo: 34-35).
So'ngra, barcha musulmonlar Alloh payg'ambarlarga dunyoda yozgan umrlari tugagan va ular ilgari qadimda o'lganlar va barzax olamiga ko'chib o'tganlar, deb e'tiqod qilishadi. Bu o'rinda shahidlarning hayot ekanliklarini ko'rsatuvchi nususlar vorid bo'lgan, Alloh taolo dedi:
"Аlloh yo'lidagi jangda o'ldirilgan zotlarni hargiz o'liklar deb o'ylamang! Yo'q, ular tiriklardir! ﷻ zotlar Alloh O'z fazlu karami bilan bergan ne'matlardan xushnud hollarida bahramand bo'lmoqdalar"
(Oli Imron: 169).
Bu hayotga payg'ambarlar yanada haqlidirlar. Vaholanki, shahidlar bu hayoti dunyodan ketdilar, mol-mulklari merosxo'rlari orasida taqsimlandi, xotinlari boshqalar uchun halol bo'ldi, bu esa ularning o'lgan ekanliklariga juda ravshan dalildir. Lekin Alloh taolo ularni o'liklar demasligimizni ushbu qavlida aytgan:
"Va Alloh yo'lida halok bo'lgan shahidlar haqida: «Bular o'liklar», demangiz! Yo'q, ular tiriklardir, lekin sizlar sezmaysizlar"
(Baqara: 154).
Bu hayotning qandayligini biz bilmaymiz, faqat shuni ayta olamizki, ularning ruhlari badanlaridan chiqqan, umrlari tugagan va amallari nihoyasiga yetgandir. Ularning hayotlari sahih hadisda ochiqlanishicha, ularning ruhlari jannat daraxtiga osilib turgan yashil qushning ichida qilinadi. Bundan kelib chiqadiki, ularning ruhlari o'z badanlaridan ajralgan va ushbu maxsus hayot bilan boshqalardan ajralib turadi.
Ma'lumki, payg'ambar va rasullar bu hayotga eng loyiq insonlardir, shunga qaramay, ular o'zlariga duo qilgan kimsaga javob qaytarolmaydilar yoki ulardan so'ragan kimsaga so'raganini berolmaydilar. Biz e'tiqod qilamizki, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam barzax hayotida, shahidlarning hayotidan komilroq hayotdadirlar, u zot boshqalardan jismlarining chirimasligi bilan ajralib turadilar. Abu Dovudning "Sunan"ida Avs ibn Avsdan sobit bo'lgan hadisda Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:
"Eng yaxshi kunlaringizdan biri juma kunidir. Bas, u kunda menga salovot aytishni ko'paytiringlar. Shubhasiz, sizning salovotingiz menga ro'baro' qilinadi". Sahobalar: "Ey Allohning rasuli, siz chirib ketgan bo'lasizku, qanday qilib sizga ro'baro' qilinadi?", dedilar. "Alloh yerga payg'ambarlarning jismlarini yeyishni harom qilgan", dedilar.
Bu u zot ruhining jismidan chiqib, dunyoda oxirgi so'ragan narsalari — Rafiqul A'loga ko'tarilganiga yorqin dalildir.
Yana hadisda Abu Hurayra raziyallohu anhudan Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamning quyidagi so'zlari vorid bo'lgan:
"Qaysi bir musulmon menga salom aytsa, uning salomiga alik olgunimcha Alloh menga ruhimni qaytarib turadi"
(Abu Dovud rivoyat qilgan).
Ruhning qaytarilib turish kayfiyati haqida ixtilof bor, uning qandayligini Alloh yaxshi biluvchidir. Hasan sanad bilan Abu Dovud Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:
"Uylaringizni qabriston qilmanglar. Mening qabrimni marosim (o'tkaziladigan o'rin) qilib olmanglar. Menga salovat aytinglar, albatta, (aytgan) salovatlaringiz menga qaerda bo'lsangizlar ham yetib turadi".
Hofiz "Az-ziyo fil-muxtaro"da va boshqalar Aliy ibn Husayn ibn Aliy raziyallohu anhudan rivoyat qilishgan. ﷻ Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam qabrlari yonidagi ochiq joyga kelib, unga kirib, duo qilayotgan bir kishini ko'rdi va uni bundan qaytardi va shunday dedi: "Sizlarga otamdan, otam esa bobomdan eshitgan bir hadisni aytib beraymi? Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:
"Mening qabrimni marosim (o'tkaziladigan joy) qilib olmanglar. Uylaringizni qabriston qilmanglar. Sizlarning salomlaringiz menga qaerda bo'lsangizlar ham yetib turadi".
Said ibn Mansur dedi: Abdulaziz ibn Muhammad bizga rivoyat qilib berdi: Suhayl ibn Abu Suhayl menga xabar berdi, u dedi: Meni Hasan ibn Hasan ibn Aliy raziyallohu anhum Payg'ambarimiz qabri yonida ko'rdi va menga nido qilib: "Seni qabr yonida ko'ryapmanmi?", dedi. Men: "Nabiy sollallohu alayhi va sallamga salom berdim", dedim. Shunda u: "Masjidga kirganingda salom ber (o'sha yetarli)", deb gapida davom etdi: "Albatta, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday degandilar:
"Mening qabrimni marosim (o'tkaziladigan joy) qilib olmanglar. Uylaringizni maqbara qilib olmanglar. Menga salovat aytinglar, albatta, (aytgan) salovatlaringiz menga qaerda bo'lsangizlar ham yetib turadi. Alloh yahudiylarni la'natlasin, payg'ambarlarining qabrlarini masjid (sajda qiladigan joy) qilib olishdi". Sizlar bilan Andalusdagilar (salovotlaringizning yetkazilib turishida) bab-barobarsizlar.
Ushbu osor salafi solihlar nazdida bu narsa mashhur bo'lganini va bu sunnatni (ya'ni, masjidga kirganda u zotga salom berish sunnatini) hamda uni yetkazishga haris bo'lganlarini ko'rsatadi. ﷻ zotning:
"Uylaringizni qabristonga aylantirmanglar!" so'zining ma'nosi:
Ya'ni, uylarda unda namoz o'qib bo'lmaydigan qabriston yanglig', namoz o'qimay, duo qilmay, Qur'on qiroat qilmay qo'ymanglar. Bu yerdagi namozdan murod nafl namozidir. "Mening qabrimni sayilgoh (bayram, marosim o'rni) qilib olmanglar", so'ziga kelsak, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam o'z qabrini alohida yig'ilib, maxsus ko'rinishda, xuddi muntazam ravishda, belgilangan vaqtda yilda bir yoki bir necha marta takrorlanib turadigan, xursandchilik qilib, nishonlanadigan marosim ko'rinishida ziyorat qilishdan qaytardilar. So'ngra u zot bizga qaerda bo'lsak ham salovotlarimiz unga yetkazilib turilishini, ya'ni uzoq va yaqinda aytilgan salom va salovotning yetkazilishi qabr yonida aytilgan salovot va salomdan farq qilmasligini xabar berdilar. Va bu Hasan ibn Hasanning "Sizlar bilan Andalusdagilar (salovotlaringizning yetkazilib turishida) bab-barobarsizlar", degan so'zining ma'nosidir.
Kim Payg'ambarimiz qabriga masjidni emas, faqat salom berishni qasd qilib borsa, uni marosim (bayram o'rni) qilib olgan hisoblanadi. Hasan ibn Hasan raziyallohu anhu buni shunday tushunganlar.
Darhaqiqat, imom Molik (Alloh uni rahmat qilsin), madinaliklarning Masjidi Nabaviyga kirganda payg'ambarimiz qabriga borishini salafi solihlar bunday qilmagani uchun yoqtirmas va shunday der edilar: "Bu ummatning oxiri avvalgilari isloh bo'lgan narsa bilangina isloh bo'ladi". Aksariyat hollarda sahobalar (Alloh ulardan rozi bo'lsin), shuningdek, katta tobeinlar Masjidi Nabaviyda xulofoi roshidlar orqasida namoz o'qirdilar, namozdan keyin uylariga ketar, yoki o'tirib Qur'on o'qir, yoda ibodat bilan mashg'ul bo'lardilar. Ulardan birontasining namozdan so'ng Payg'ambarimiz qabriga borganligi naql qilinmagan, balki ular namozda tashahhuddagi (Payg'ambarimizga aytilgan) salovot va salom bilan kifoyalanishar edilar va bu u zotning qabri oldida turishdan afzaldir. Sahobalarning Oishaning (Alloh undan rozi bo'lsin) tirik paytida va undan keyin hali devor bilan o'rab qo'yilmasidan burun va xalifa Valid ibn Abdulmalik zamonida masjid kengaytirilib, u zotning qabrlari masjid ichiga kirgizilgandan keyin ham qabr oldiga borishga imkonlari bo'laturib, qabr oldiga borib salovot va salom aytish odatlari yo'q edi. Faqat, ulardan biri safardan qaytganda u zot qabrining tashqarisiga kelar va u zotga salom berib, so'ngra yo'lida davom etar edi. Bu ish Ibn Umardan naql qilingan, undan boshqa biror sahobadan kelmagan. Ibn Umar ham har doim qilmaganlar. Demak, har doim bunday qilish ham bid'at va u zotni ortiqcha ulug'lashga yoki Allohga sherik qilib unga ham duo qilishga sabab bo'ladi.
Imomlar (Alloh ularni rahmat qilsin) ittifoq qildilarki, kim Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam qabri yonida u zotga salom bergandan keyin, o'zi uchun duo qilmoqchi bo'lsa, qabrga yuzlanmaydi va taraflarning eng afzali bo'lgan va duoning qabuli eng umid qilingan taraf — qiblaga yuzlanadi. Ammo imom Molikning Mansurga aytgan: "Nimaga yuzingni undan (ya'ni, Payg'ambar qabridan) burasan? Balki unga yuzlan va undan shafoat so'ra..." degan gaplariga kelsak, bu uning haqqiga to'qilgan, yolg'on hikoyadir, buni ulamolar (Alloh ularni rahmat qilsin) tahqiq qilganlar.
Oltinchidan: Payg'ambarimiz qabrining ziyorati uchungina safar qilishdan qaytarilganligi.
"Sahih", "Sunan" va "Musnad" hadis kitoblarida sobit bo'lganki, Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam dedilar:
"Faqatgina uch masjid — Masjidul Harom, mening ushbu masjidim va Aqso masjidi uchungina safar tayyorgarligi ko'riladi".
Buning ma'nosi: biron maqbara yoki manzilga u yerda qilingan ibodatlar savobi boshqa joylarga qaraganda orttirib beriladi yoki fazilati bor degan e'tiqod bilan safar qilishdan qaytarildi. Bu qaytariqqa qabrlarni, hatto payg'ambarlar qabrini ziyorat qilish uchun safar qilish ham kiradi, chunki bu qabrlarni bayram va marosim o'rni qilib olish va bugungi kunimiz va ilgarigi mushriklardan sodir bo'lganidek, Alloh bilan birga qabrlarda yotgan o'liklarga ham ibodat qilinishiga sabab bo'ladi. O'sha mushriklar o'zlari da'vo qilgan avliyolarning qabrlariga borish uchun uzundan-uzun safarlarga chiqishadi, yoki og'ir mashaqqatlar chekib, katta mablag'lar sarflaydilar. Qachon o'sha o'zlari nomlab olgan manzillarga yetib borsalar, ana u o'liklarga nido qilib, ularni otini aytib nola qilishni boshlaydilar va u yerdagi o'sha sag'ana va maqbaralarni tavof qilib, uning tuprog'ini yuzlariga surtishadi va o'sha o'liklarga duo qilishadi, hayvonlar so'yishadi, qurbonliklar qilishadi va bunga o'xshagan faqat olamlar Robbi bo'lgan Allohgagina qilinishi kerak bo'lgan amallarni o'liklarga qilishadi.
Mana shu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo'rqqan va undan qaytargan narsa — mazkur uch masjiddan boshqa joylarga safar tayyorgarligi qilishdir.
Bu haqida shayxulislom Ibn Taymiya (Alloh uni rahmat qilsin) risola yozdi va unda payg'ambar va solihlar qabrini ziyorat qilish uchungina safar qilish hukmida ulamoning ixtilofini keltirib, man' qilingani haqidagi fikrni kuchli deb bildi va bu fikrning Ibn Batta, Abul Vafo ibn Aqiyl, Juvayniy, Qozi Iyoz va boshqalarning fikri ekanini aytdi. Balki bu jumhur ulamoning fikridir, buni Imom Molik keltirgan va unga biror kishi muxolif bo'lmagan. Lekin bu qabrlarni ziyorat qilib bo'lmaydi degani emas, zero, qabrlarni ziyorat qilishga targ'ib qilingani va ularning oxiratni eslatishi haqida hadislar vorid bo'lgan. Ziyorat qiluvchi kishi o'liklarning haqqiga duo qiladi va ularga rahmat tilaydi. Bunda o'ziga eng yaqin qabristonni ziyorat qiladi. Zero, qabriston bo'lmagan biron shahar bo'lmasa kerak. Ammo boshqa shahar va o'lkadagi qabr yoki maqbarani ziyorat qilish uchun safar qilish, o'sha qabristonni ulug' joy ekanini, uni ulug'lash, duo qilish va umid bog'lashga munosib ekanini e'tiqod qilgani uchundir. Keyin u o'liklarga ibodat qiladi. Demak, mazkur uchta masjiddan boshqasiga safar tadorigi qilishdan qaytarilgani bejiz emas ekan.
Imom Ahmad va boshqalar Ibn Umar va Abu Said Xudriy (raziyallohu anhumo)ning Tur tog'iga u yerda namoz o'qish uchun safar qilishdan qaytarganlarini rivoyat qilishdi. Ular mazkur uch masjiddan boshqa joyga safar tadorigi ko'rishdan qaytarilganligi haqidagi hadisni dalil qildilar. Vaholanki, Tur tog'ini Alloh zikr qilib, uning muqaddas vodiy va muborak joy deb atagan va u yerda bandasi Muso bilan gaplashgan edi. Bunga qaramay, unga safar qilishdan qaytardilar.
Bunga ko'ra, kim Madinaga u yerda o'qilgan namoz ming namozga teng bo'ladigan Masjidi Nabaviyni qasd etib safar qilsa, uning safari toat va qurbat bo'ladi. ﷻ Masjidi Nabaviyda namoz o'qigandan keyin, qabri sharifga, sahoba va shahidlar qabrlariga salom berib, ularning haqlariga duo qilaveradi.
Ammo kim faqat qabrga salom berish yoki qabr yonida duo qilish uchungina safarga chiqsa, uning safari bid'at, munkar safardir. Va u quyidagi hadisga xilof ish qilgan bo'ladi:
"Uylaringizni qabriston qilmanglar. Mening qabrimni marosim (o'tkaziladigan o'rin) qilib olmanglar. Menga salovat aytinglar, albatta, (aytgan) salovatlaringiz menga qaerda bo'lsangizlar ham yetib turadi".
Qabri sharifni ziyorat qilishning fazilati haqida rivoyat qilingan hadislarga kelsak, ularning barchasi, ulamolar tahqiq qilgani yanglig', zaif yoki mavzu-to'qimadir. Shunday ekan, bunga e'tibor qaratish darkor. Tavfiq Allohdandir.
Beshinchi fasl:
Ikki shahodat kalimalarining shartlari.
Ulamolar ixlos kalimasining yettita sharti bor ekanligini aytishgan. Ulardan biri uni shu tarzda nazm etgan:
Bilish, ishonch, ixlos, muhabbat, Rostgo'ylik, qabul va so'ng itoat.
Mazkur shartlar Qur'on va Sunnatdagi dalillarni o'rganish va tekshirish bilan olingandir. Ba'zilar bularga sakkizinchi shartni ham qo'shib, quyidagicha nazm qilgan:
Bunga ziyoda qilingan sakkizinchisi, Undan o'zga tengdosh ilohlarga kofir bo'lmog'ingdir seni.
Bu shart Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamning shu qavllaridan olingan:
"Kimda-kim "Laa ilaha illalloh", desa va Allohdan o'zga ibodat qilinayotgan narsalarga kofir bo'lsa, moli va qoni(ni to'kish) harom bo'ladi"
(Muslim rivoyat qilgan).
Muhammad ibn Abdulvahhob uni "Tavhid kitobi"da aytib, undan keyin shunday deydi: "Bu "Laa ilaha illalloh"ning ma'nosini bayon qiluvchi dalillarning eng buyugidir. ﷻ zot sollallohu alayhi va sallam uni talaffuz qilishning o'zini qon va molni himoya qiluvchi qilmadi, hatto uning ma'nosini bilib aytishni ham, unga iqror bo'lishni ham, hatto Allohning yolg'iz O'ziga sherik qilmasdan duo qilishni ham himoya qiluvchi qilmadi. Hatto yuqoridagilarga Allohdan boshqa ibodat qilinadigan narsalarga kofir bo'lish qo'shilmagunicha uning moli va qonini to'kish harom bo'lmaydi. Agar bunda shak qilsa, yoki taraddudlansa ham uning moli va qoni harom bo'lmaydi..." (Iqtibos tugadi).
Bu shartning ma'nosi, Allohdan o'zgalar uchun qilingan ibodatning botilligiga, faqat Allohning haqqi bo'lgan narsalardan birontasini Undan boshqaga qilgan har kimsaning adashgan mushrik ekanligiga, Allohdan boshqa qabrlar, maqbara va sag'analardagi ma'budlar, mushriklarning johilliklari va xurofotlaridan kelib chiqqanligi, kim ularning ma'budligini tasdiqlasa, yoki to'g'rimikan deb taraddud qilsa, yoki botilligida shak qilsa, agarchi "Laa ilaha illalloh"ni aytib, Allohdan boshqaga ibodat qilmayotgan bo'lsa ham uning muvahhid emasligiga e'tiqod qilishdir.
Mazkur yetti shart da'vat imomlari (Alloh ularni rahmat qilsin) kitoblarida mashhur bo'lsada, ularni izohlash maqsadida ba'zi dalillar bilan keltiramiz:
Birinchi shart: Ilm-bilish.
Uning dalili Alloh taoloning ushbu qavlidir:
"Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Allohdan boshqa hech qanday iloh yo'q, ekanligini biling!"
(Muhammad: 19).
Imom Muslim Usmon raziyallohu anhudan rivoyat qildi, u aytdi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
"Allohdan boshqa iloh yo'q ekanini bilib olamdan o'tgan odam, jannatga kiradi".
Bundan maqsad: ikki shahodat kalimalarining dalolatlari va ulardan har biri amaldan shart qilgan narsani haqiqiy bilishdir. Bilishning ziddi johillikdir. Johillik shahodat kalimasining ma'nosiga xilof qilish, ya'ni "iloh"ning ma'nosini, inkor va isbotning dalolatini bilmaslik bu ummatning mushriklarida voqe' bo'lgan narsadir. Ular asl maqsad bu kalimaning ma'nosi ekanligini e'tibordan qochirdilar. Vaholanki, butun mushriklar bu kalima dalolat qilgan narsaga xilof qilganlar, ular shunday degandilar:
"ﷻ (shuncha) xudolarni bitta xudo qilib olibdimi?!"
(Sod: 5).
Yana shunday dedilar:
"Yuringlar va o'z xudolaringizga (sig'inishda) qanoat qilinglar (ya'ni, ustivor bo'linglar)!"
(Sod: 6).
Ikkinchi shart: Yaqiyn iymon.
Uning ziddi shak va taraddudlanish, yoki sof gumon va shubhadir.
Buning ma'nosi: Ikki shahodat kalimalarini aytgan kishi unga qalbidan qat'iy ishonishi va aytgan narsalariga: Alloh taoloning ilohlikka eng haqli ekani, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning payg'ambarligining to'g'riligi, Allohdan boshqa har qanday iloh qilingan narsalarning ilohligining botilligi, Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan keyin payg'ambarlikni da'vo qilgan har qanday kimsaning da'vosining botilligiga e'tiqod qilishidir. Agar shahodat kalimasining ma'nosining to'g'riligida shubha qilsa, yoki Allohdan o'zgalarga qilingan ibodatlarning botilligida to'g'ri-noto'g'riligini bilolmay to'xtab qolsa, bu ikki shahodat kalimasi unga foyda bermaydi.
Bu shartning dalili imom Muslimning Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilgan ushbu hadisidir: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki shahodat kalimalari haqida shunday dedilar:
"Bu ikkisiga shak-shubha qilmay Allohga yo'liqqan banda, albatta jannatga kiradi".
Yana "Sahih" hadislar devonida rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi va sallam (Abu Hurayra raziyallohu anhuga) shunday dedilar:
"Shu devorning ortida "Allohdan o'zga haq iloh yo'q", deb unga qabidan ishonib guvohlik bergan biron kishini uchratsang, unga jannat xushxabarini ber".
Alloh taolo mo'minlarni ushbu so'zi bilan maqtadi:
"Haqiqiy mo'minlar faqat Alloh va Uning payg'ambariga iymon keltirib, so'ngra (hech qanday) shak-shubha qilmagan zotlardir"
(Hujurot: 15).
Quyidagi so'zi bilan munofiqlarni mazammatladi:
"va ko'ngillarida shak-shubha bo'lgan kimsalargina sizdan (qolish uchun) izn so'raydilar. Chunki ular o'z shubhalarida ikkilanib yuradilar"
(Tavba: 45).
Va Ibn Mas'ud raziyallohu anhudan rivoyat qilindi, u dedi:
"Sabr iymonning yarmi, yaqiyn (qat'iy) ishonch iymonning baridir".
Shubha yo'qki, kishi ikki shahodat kalimalarining ma'nolariga qat'iy ishongan bo'lsa, a'zolari yolg'iz Allohning ibodatiga va Rasululloh alayhis-salotu vas-salomning toatiga safarbar bo'ladi.
Uchinchi shart: Rad etishga zid qabul qilish.
Ikki shahodat kalimalarining ma'nolarini bilib, uning dalolatlariga ishonchi komil bo'lgan, lekin kibr va hasad qilib uni rad qiladigan kimsalar ham bor. Bu yahudiy va nasroniy olimlarining holatidirki, ular Allohning O'zigina haqiqiy iloh ekaniga guvohlik berdilar va Muhammad sollallohu alayhi va sallamni xuddi o'g'il farzandlarini tanigandek tanidilar, lekin shunga qaramay, Islomni qabul qilmadilar:
"ularning o'zlariga ham haqiqat ochiq ravshan bo'lganidan keyin hasad qilganlari sababli kufrga qaytarishni istaydi"
(Baqara: 109).
Mana shunga o'xshab, mushriklar ham "Laa ilaha illalloh"ning ma'nosini bilar va Muhammad sollallohu alayhi va sallamni tasdiqlar edilar, lekin Islomni qabul qilishdan kibrlandilar:
"Chunki ular o'zlaricha: «Hech qanday iloh yo'q, magar yolg'iz Allohgina bordir», deyilgan vaqtda kibr-havo qilgan edilar"
(Soffot: 35).
Alloh taolo dedi:
"Zotan, ular sizni yolg'onchi qilmaydilar, balki bu zolimlar Allohning oyatlarini inkor qiladilar"
(An'om: 33).
To'rtinchi shart: Bo'ysinish.
Bo'ysunish bilan qabul qilish orasidagi farq balki shudir: Buysunish: amal qilish bilan ergashish bo'lsa, qabul qilish: uning ma'nosining to'g'riligini so'z bilan izhor etishdir; Bu ikkisi ham egrashishlikni shart qiladi, faqat bo'ysunish taslim bo'lish, bo'yin egish va Allohning hukmlaridan birontasini tekshirmaslik hamdir. Alloh taolo dedi:
"Robbilaringizga qaytinglar va Unga bo'yinsuninglar!"
(Zumar: 54).
Alloh taolo dedi:
"Haqiqiy musulmon bo'lgan holida o'zini Allohga topshirgan kishining dinidan ham go'zalroq din bormi?!"
(Niso: 125).
Alloh taolo dedi:
"Kim chiroyli amal qilguvchi bo'lgan holida o'zini Allohga topshirsa, bas, u mustahkam xalqani ushlabdi"
(Luqmon: 22).
Mana bu Alloh taologa Uning O'zigagina ibodat qilish bilan bo'ysunishdir. Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamga uning sunnatini qabul qilish, olib kelgan narsasiga ergashish, chiqargan hukmiga rozi bo'lish bilan bo'ysunishga kelsak, uni Alloh taolo quyidagi so'zi bilan zikr qildi:
"Yo'q, Robbingizga qasamki, to ular o'z o'rtalarida chiqqan kelishmovchiliklarda sizni hakam qilmagunlaricha va keyin siz chiqargan hukmdan dillarida hech qanday tanglik topmay, to'la taslim bo'lmagunlaricha-bo'ysunmagunlaricha zinhor mo'min bo'la olmaydilar"
(Niso: 65).
Ularning iymonlarini to'g'ri bo'lishida uning hukmiga taslim bo'lishni, ya'ni Robbisi tomonidan olib kelgan narsaga bo'yin egib, to'la bo'ysunishni shart qildi.
Beshinchi shart: Rostgo'ylik.
Uning ziddi yolg'ondir.
Uning shart ekanligi ushbu sahih hadisda vorid bo'lgan: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
"Kimda-kim "Laa ilaha ilalloh"ni qalbidan tasdiqlagan holda aytsa, jannatga kiradi".
Ammo kimki uni tili bilan aytsa-yu, qalbida uning ko'rsatmalarini inkor qilsa, u kalima uni (do'zaxdan) qutqarmaydi. Bu haqida Alloh taolo munofiqlarning so'zlarini shunday hikoya qilib berdi:
"Guvohlik beramizki, siz shak-shubhasiz, Allohning payg'ambaridirsiz"
(Munofiqun: 1).
Alloh taolo dedi:
"Alloh darhaqiqat, siz O'zining payg'ambari ekanligingizni bilur, yana Alloh u munofiqlarning shak-shubhasiz, yolg'onchi ekanliklariga ham guvohlik berur"
(Munofiqun: 1).
Quyidagi so'zi bilan ularning yolg'onini mana shunday fosh qildi:
"Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, o'zlari mo'min bo'lmaganlari holda «Allohga va Oxirat kuniga iymon keltirdik», deydilar"
(Baqara: 8).
Oltinchi shart: Ixlos.
Uning ziddi shirkdir.
Alloh taolo dedi:
"bas, siz Allohga — ﷻ zot uchun diningizni xolis qilgan holda ibodat qiling! (Ey insonlar), ogoh bo'lingizkim, xolis din yolg'iz Allohnikidir (ya'ni, yolg'iz Allohgina chin ixlos bilan ibodat qilinishga loyiq Zotdir)"
(Zumar: 2-3).
Alloh taolo dedi:
"Ayting: «Darhaqiqat, men Allohga ﷻ zot uchun dinimni xolis qilgan holda ibodat qilishga buyurilganman"
(Zumar: 11).
Yana ﷻ zot dedi:
"Ayting: «Men yolg'iz Allohga ﷻ zot uchun dinimni xolis qilgan holda ibodat qilurman»"
(Zumar: 14).
"Sahih" hadislar devonida Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar:
"Shafoatim bilan eng baxtiyor bo'lgan odam — chin ko'nglidan «Laa ilaha illalloh», degan odamdir".
Va bu Utbon (raziyallohu anhu)ning hadisida kelgan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shu so'zlarining ma'nosidir:
"Shubhasiz, Alloh jahannamga Allohning Yuzini maqsad qilib "Allohdan boshqa haq iloh yo'q", degan kimsani harom qildi".
Ixlos esa: Ibodatni yolg'iz Allohga qilish va undan biron narsani Undan o'zgaga, xoh eng yaqin maloika bo'lsin, xoh yuborilgan payg'ambar bo'lsin, qilmaslikdir. Muhammad sollallohu alayhi va sallamga ergashishdagi ixlos esa, faqat uning sunnatiga va chiqargan hukmiga cheklanib, bid'at va xurofotlarni tark qilishdir. Shuningdek, insonlar qo'ygan qonunlar va odatlardan hukm so'rab borishni tark qilish ham ixlos hisoblanadi, zero, bular shariatni buzuvchilar bo'lib, kim bu qonunlarga rozi bo'lsa, yoki ular bilan hukm qilsa, muxlis-ixlosli kishilardan hisoblanmaydi.
Yettinchi shart: Nafrat va yomon ko'rishga zid muhabbat.
Bandaga Allohni yaxshi ko'rish, Rasulini yaxshi ko'rish, Alloh yaxshi ko'rgan so'z va amallarni, Uning do'stlari va toatida bo'lganlarni yaxshi ko'rish vojibdir. Qachon bu muhabbat to'g'ri bo'lsa, uning asari badanda ko'rinadi va sen (iymonida) rostgo'y bandani Allohga itoat qilgan va Rasuliga ergashgan, Allohga haqiqiy suratda ibodat qilgan, Uning toati bilan zavq olgan, Mavlosi yaxshi ko'rgan so'z va amallarning barchasiga oshiqqan holda ko'rasan. Yana uni ma'siyatlardan, agarchi ular odatda nafsga yoqimli, totli bo'lsa ham, do'zaxning nafs xohlagan narsalar bilan, jannatning esa yoqimsiz narsalar bilan o'rab qo'yganini bilgani uchun, ulardan hazir bo'lib, uzoqlashganini va osiylarni yomon ko'rib, ularga nafrat qilganini ko'rasan. Qachon shunday bo'lsa, o'sha chin muhabbatdir. Shuning uchun Zunnun Misriydan (Alloh uni rahmat qilsin) "Qachon Robbimni yaxshi ko'rgan bo'laman?", deb so'ralganda, "Qachonki Uning g'azabini qo'zg'aydigan narsalar sening nazdingda sabrdan ham achchiqroq bo'lganida", degan ekan.
Ba'zi olimlar aytadilarki: "Kim Allohning muhabbatini da'vo qilsa-yu, u zot (sollallohu alayhi va sallam sunnatlari)ga muvofiq ish tutmasa, uning da'vosi botildir".
Darhaqiqat, Alloh taolo quyidagi so'zida O'z muhabbatining alomatiga Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamga ergashishni shart qildi:
"(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag'firat qiladi"
(Oli Imron: 31).
Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamni yaxshi ko'rishga va qaysi amallarni qilish talab qilinganligiga hamda Alloh taoloning muhabbatiga dalolat qilgan ayrim dalillarni aytib o'tdik.
Oltinchi fasl:
Ikki shahodat kalimasini buzuvchi narsalar.
Har bir mazhab ulamolari Islomni buzuvchi narsalar haqida fiqh kitoblarining murtadning hukmi va murtadlikka olib boradigan narsalar haqidagi bo'limlarida gapirib o'tganlar. Ba'zilari murtadlikka olib boruvchi misollarni birma-bir keltirgan, Alloh asrasin. Hatto qilish yoki tark etish sababli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan misollar adadi yuzlarga yetgan. Lekin shayx Muhammad ibn Abdulvahhob (Alloh uni rahmat qilsin) ulardan o'ntasini alohida ajratib olgan, ular tavhid to'plami va boshqa kitoblarda qayd qilingan.
Biz bu o'rinda ularni qilish ikki tavhid kalimalariga zid bo'lgan, u ikkisini nutq va amal qiluvchiga ajr-savob hosil qilmaydigan ba'zi narsalarni zikr qilishni maqsadga muvofiq ko'rdik, jumladan:
Birinchidan:
Alloh taoloning ba'zi mavjudotlarni yaratganligini inkor qilish, yoki boshqaruv va tasarruf ishlaridan ba'zisini tabiatga nasbatlash va tasodifan bo'lgan deyish. Chunki bu Rob taologa ta'na qilishdir, shuningdek, musulmonlarning faqat Alloh taolodagina komil tasarruf bor, degan e'tiqodiga ziddir. Zero, Allohda komil tasarruf bo'lgani uchun ibodat qilinishga eng haqli zotdir.
Ikkinchidan:
Alloh azza va jallaning komil sifatlaridan birontasini inkor qilish, masalan, bilish, tiriklik, abadiy turishlik, qudrat, eshitish va ko'rish kabilardan birontasini inkor qilish, chunki bu Rob taoloning iloh bo'lishga haqli bo'lishiga zid keladigan ulkan nuqsondir. Shuningdek, Alloh taolo O'zini ulardan poklagan aybu nuqsonlardan birontasini bor deyish, masalan, mudroq va uyqu olish, unutish, zulm qilish, farzand ko'rish, sherigi bo'lish va shunga o'xshagan nuqsonlardan birontasini ﷻ zotda bor deyish, chunki bu Rob taologa barcha maxluqotlarni ibodat qilishga haqli qilgan kamolotiga ziddir.
Uchinchidan:
Ba'zi maxluqotlarni Xoliqning xususiyatlaridan birontasi bilan vasflash, masalan, g'aybni bilish, butun mulk sohibi bo'lish, koinotda to'la tasarruf qilish, Allohning irodasisiz yaratish va paydo qilish qudrati kabilar bilan sifatlash, chunki bu Allohning yoniga maxluqotdan bo'lgan o'sha shaxs yoki narsani sherik qilish va uni Xoliq darajasiga ko'tarishlikdir, bu esa Alloh taolo uchun ulkan ayb-nuqsondir.
To'rtinchidan:
Rob azza va jallaning ibodatlarning barchasiga yoki ayrimlariga loyiq emas deb bilish, masalan, Alloh taolodan qo'rqilmaydi, Unga duo qilinmaydi, ﷻ Undan madad tilashga loyiq emas va buning ahamiyati ham, foydasi ham yo'q deyish. Shuningdek, ibodatlardan ayrimlarini masxara qilgan, yoki namozxonlarni yoki ibodat turlaridan birontasini qilayotganlarni mazah qilgan kimsa ham shu hukmga kiradi, chunki bu shariatni tanqid qilish bo'lib, ikki shahodat kalimalariga ziddir.
Beshinchidan:
Kimda-kim odamlardan birontasi shariat keltira oladi va qonun chiqara oladi, shariatni o'zgartiradigan hukmlarni, masalan, zino yoki riboni muboh qilish, shar'iy jazolar: qotilning o'ldirilishi, o'g'rining qo'lining kesilishi kabilarni bekor qilish, zakotni bekor qilish, farzlarni o'zgartirish, yoki ibodat turlaridan birontasini o'zgartirishi mumkin, shuningdek, Allohning shariatidan boshqasiga hukm istab borishi, Alloh nozil qilmagan narsa bilan hukm qilishi mumkin, deb e'tiqod qilsa. Kimda-kim mana shunday e'tiqod qilsa, Alloh taologa shariatida e'tiroz etgan, uning nuqsonli yoki nomunosib ekanligini, yoki Allohning hukmidan boshqa hukmlar Uning hukmidan yaxshiroq ekanligini da'vo qilgan bo'ladi. Bu esa, xolis tavhid bilan bir orada jamlanmaydigan ulkan nuqsondir.
Oltinchidan:
Ibodat turlaridan birontasini Alloh taolodan boshqaga qilish. Bu narsa bugungi kunimizdagi quburiylar (qabrga ibodat qiluvchilar)ning shirkidir. Kimda-kim o'lgan kimsaga duo qilsa, yoki undan umid qilsa, yoki unga ko'ngil bog'lasa, yoki Allohni yaxshi ko'rgandek yaxshi ko'rsa, yoki unga qulluq qilsa, yoki qabr yonida ta'zim qilib, xokisor tursa, yoki uni tavof qilsa, yoki u uchun qurbonlik so'ysa, yoki shularga o'xshagan ibodat turlaridan birontasini o'liklarga qiladigan bo'lsa, "Allohdan o'zga haq iloh yo'q va Muhammad Allohning rasulidir", deb bergan shahodatini botil-yo'q qilgan bo'ladi. Yuqorida ilohlik va ibodatning ma'nolari va ibodatlarga nimalar kirishiga taalluqli bo'lgan narsalar aytib o'tildi.
Yettinchidan:
Alloh dushmanlarini do'st tutish, ularni yaxshi ko'rish, ularga yaqin bo'lish, martabalarini ko'tarish, ularning haq ekanini yoki ularning musulmonlardan ko'ra hurmat-ehtirom qilinish va ardoqlanishga haqliroq ekanini e'tiqod qilish, ularning ahli kitobdan yoki butparastlardan yoda dahriylar bo'lishining farqi yo'q. Chunki ularga itoat qilish, ularni ulug'lash va e'zozlash ularning to'g'ri ekanligini, ularga muxolif bo'lgan musulmonlarning esa adashgan gumrohlar ekanligini ko'rsatadi, yoki ularni hurmat-ehtirom qilish ularning dunyolarini yoki dunyoviy bilimlarini ulug'lashga dalolat qiladi. Holbuki, bularning bari shahodat kalimasining haqiqatiga ziddir.
Sakkizinchidan:
Payg'ambar sollallohu alayhi va sallamning payg'ambarligiga yoki shariatiga ta'na qilish, yoki yolg'onga chiqarish, yoda unga vahiy qilingan narsani yashirganligi yoki unga xiyonat qilganligini da'vo qilish, shuningdek, uni ochiqchasiga so'kish, ayblash, siyratini yoki amallari, ahvollari va tasarruflaridan biron narsani tahqirlash va masxara qilish va shunga o'xshash ichidan uning risolatini inkor qilishni ko'rsatuvchi ishlarni qilish. Chunki bu narsalarda u zotga ta'na qilish Rob taologa ta'na qilishdir, zero, uni payg'ambar qilgan ham, risolatni unga topshirgan ham Allohdir. Bular ikki shahodat kalimalarini buzadigan narsalardir.
To'qqizinchidan:
Alloh taoloning kalomi bo'lgan Qur'onga ta'na qilish: mushriklarning uni sehr, she'ﷺ va o'tmishdagilarning afsonlari deyishi, yoki uning yolg'on to'qima ekanini, bashardan birining so'zi ekanini da'vo qilish, yoki uning mo''jizakorligini inkor etish yoki unga o'xshashini keltirishga harakat qilish va buning mumkinligini aytish, yoki uning ichidagi ba'zi narsalarni yolg'on deyish, yoki mutavotir yo'l bilan naql etilgan ayrim suralarni yoki oyatlarni inkor qilish va hokazolar. Kim bulardan birini da'vo qilsa, Alloh va rasulini yolg'onchiga chiqaruvchi kofirdir va bular tavhid kalimasini buzadigan narsalardir.
O'ninchidan: Alloh iymon keltirishga buyurgan va ularning muqarrar va haqiqat ekanini O'z Kitobida Rasuli sollallohu alayhi va sallamning tili bilan xabar bergan g'ayb ishlaridan birontasini inkor etish: Maloikalar, kitoblar, payg'ambarlar, o'lgandan keyin qayta tirilish, mahsharga to'planish, jannat va do'zax, qabr azobi va rohati va hokazolarni inkor qilish. Kimda-kim bulardan birontasini inkor qilsa, Allohni va Rasuli sollallohu alayhi va sallamni yolg'onchiga chiqaribdi va bu ish risolatga va risolat o'z ichiga olgan narsalarga qilingan eng katta ta'nadir va u ikki shahodat kalimalarining shartlariga xilof qilgan kimsadir.
Ikki shahodat kalimalariga taalluqli bo'lgan va ular u bilan ro'yobga chiqadigan narsalardan shu qadari bilan kifoyalanaman. Bu qisqacha bayon qilish bo'ldi, kimki yanada kengroq ma'lumotga ega bo'lishni istasa, uni da'vat imomlari va ulardan oldin yashagan ulamolarning (Alloh ularni rahmat qilsin) kitoblarida topadi. Alloh eng yaxshi biluvchi va eng hikmatli zotdir. Muhammadga, uning ahli-oilasi va sahobalariga Allohning salovotu salomlari bo'lsin.