×
Динимиз бизнинг ҳаётдаги ҳар бир ҳаракатимизга йўлланмалар берган, ўргатган шундай экан биз ҳаётдаги ҳар бир ҳаракатдан фойдаланиб уни ниятимиз ва шариатга мувофиқлаштириш билан ибодатга айлаитирамиз. Жумладан сафар ибодати.

Bismillahir rohmanir rohiym

Allohga hamdlar, Allohning e`lchisiga, uning oilasi, ashoblari va uni yaxshi ko`rgan kimsalarga salavot va salomlar bo`lsin.

So`ng ...

Hoy jomadonlarini safar uchun hozirlagan do`stim, bir oz to`xtang. Aytingchi, bu safaringizdan nimani maqsad qildingiz?

Agar niyyatingiz yaxshi bo`lsa, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning quyidagi so`zlaridan xursand bo`ling: "Yaxshilikni maqsad qilgan, biroq, uni amalga oshira olmagan odamga Alloh o`z huzurida (shu narsa uchun) to`la bir yaxshilik yozadi" (Imom Buxoriy rivoyati).

Agar niyyatingiz boshqacha bo`lsa, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ushbu so`zlaridan e`htiyot bo`ling: "Dunyo to`rt nafar uchundir:

1. Alloh molu dunyo va ilm bergan banda. U bu narsalarda robbisidan taqvo qiladi, qarindoshlik aloqalarini uzmaydi va bu narsalarda Allohning haqqi bor e`kanini biladi. Bu banda e`ng yuqori martabadadir.

2. Alloh ilm bergan, biroq, molu dunyo bermagan banda. U sadoqatli niyyat bilan: "Agar mening molu dunyom bo`lsa e`di, falonchi kishilarning ishlarini qilgan bo`lar e`dim"- deydi. U o`z niyyati bilan birga va u bilan falonchining savoblari barobardir.

3. Alloh molu dunyo ato e`tgan, biroq, ilm bermagan banda. U molu dunyosida bilimsiz va robbisidan taqvo qilmay harakat qiladi. yaqinlari bilan aloqada bo`lmaydi va molu dunyosida ular uchun haq bor e`kanini bilmaydi. Bu e`ng yomon martabadir.

4. Alloh molu dunyo va ilm ato e`tmagan banda. U: "Agar molu dunyom bo`lsa e`di, (yomon ishlarni qilib yurgan) falonchi kabi amallar qilar e`dim"- deydi. U o`z niyyati bilan birgadir. U ikkisining gunohlari barobardir" (Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyati. Imom Termiziy bu hadisni "sahih" dedi).

Agar siz o`z safaringiz bilan gunoh ishlarni qilish niyyatida bo`lsangiz, gunoh qilishingiz uchun o`zingizning yashab turgan yeringiz qulayroq e`masmi?!

Agar gunoh ishlarni Alloh uchun tark qilsangiz, rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: "Yomonlikni niyyat qilgan va uni amalga oshirmagan odamga Alloh ta`olo o`z huzurida to`la bir yaxshilikni yozadi"- deb aytgan so`zlaridan xushxabar oling (Imom Buxoriy rivoyati).

* Aziz do`srim va muhtarama singlim, Shayton karvonida yurgan falonchi va falonchilardek bo`lishni orzu qilmang va "niyyat amal etib bormagan yerlarga yetib borishidan" xabardor bo`ling.

Siz qaysi safarni tanladingiz?

Safarlar uch turlidir:

1. Maqtovga sazovor yoki farz bo`lgan haj, ilm izlash va kufr o`lkasidan Islom o`lkasiga hijrat qilish kabi safarlar.

Yoki yaqin qarindoshlar va ulamolarni ziyorat qilish kabi mustahab safarlar.

Yoki birovlarga muhtoj bo`lishdan qutilish uchun molu dunyo orttirish uchun chiqish kabi muboh safarlar.

2. Vabo taqalgan  o`lkalardan (bunda har qanday niyyat inobatga olinmaydi) kabi makruh safarlar.

3. Fasodni maqsad qilish yoki ota-onasiga oq bo`lgan kimsalarning safar qilishlari kabi mazammatli safarlar.

Ba`zi ulamolardan: "Eng afzal safar qanday bo`ladi?"- deb so`ralganida: "Dinga yordam bergani"- deb javob berganlari rivoyat qilingan.

Siz o`zingizni muhojirlar chodirlariga dindor do`stlariga yordam berish, harakatlari va vaqtlarini Allohning roziligi va musulmonlar manfaati uchun sarf e`tayotgan kishilarga taqqoslab ko`ring.

Siz o`zingizni Afrikadagi och va yo`qsillarga molu dunyosini Alloh uchun sarf e`tishga otlangan kishilar bilan taqqoslab ko`ring.

Siz o`zingizni Alloh yo`liga da`vat, Islomni yoyish, jaholat, shirk va zalolat kishanlarini parchalash uchun otlangan kishilarga taqqoslab ko`ring. Siz u solih kishilar bilan birga yutuqlarga e`rishsangiz koshki e`di!!

Safardagi hamrohlaringiz kim?

Hoy musofir, safarlarga yolg`iz chiqish yaxshi e`mas. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Agar odamlar yolg`izlik haqida men bilgan narsalarni bilsalar e`di, otliq kechasi yolg`iz yurmagan bo`lur e`di"- dedilar. Chunki, yolg`izlikning din va dunyoda ko`p zararlari bor. Masalan: jamoat namozlaridan mahrum bo`lish, qo`rquv ostida qolish, xatarlarga ro`baro` bo`lish, qarindoshlar va do`stlarning yo`qligi va h.k.

Hamrohlarni tanlash uchun rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ushbu so`zlari etarlidir: "Solih va yomon do`stlarning misoli mushk anbarni tashuvchi  va bosqonga dam uruvchi kishilarga o`xshaydi. Mushkni tashigan odam yo sizni jalb qiladi yoki siz undan mushkni sotib olasiz va yoki (hech bo`lmasa) undan shirin hidni topasiz. Bosqonchi (e`sa) yo kiyimingizni yoqib yuboradi yoki undan sassiq hidni topasiz" (Muttafaqun alayh, ya`ni, hadisning sahih e`kaniga Imom Buxoriy va Imom Muslim qaror qildilar).

Siz qiyomat kuni: "Koshki falonchi bilan do`stlashmasam! U meni etib kelgan zikrdan adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab qo`yadi" (Furqon: 28)- deb aytib qolishingizdan saqlaning.

Siz rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kishi do`stining dinida bo`ladi. har biringiz do`stlashgan kishisini bilsin"- dedilar (Imom termiziy rivoyati. U bu hadisni "hasan" dedi).

Siz soxta qiymat va yolg`onchi maqtovlardan e`htiyot bo`ling. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Bir odam haqida: "Uning aqliga, go`zalligiga va zarofatiga qarang!" deyiladi. Biroq, uning qalbida zarracha ham iymon yo`qdir"- dedilar (Muttafaqun alayh).

  Kofirlar yashayotgan o`lkalar yoki fisqu fujur va ayollarning ochiq-sochiq yurishlari hukmron bo`lgan musulmon o`lkalarga sayohat yoki kezish uchun safarlarga chiqishning Islom dinidagi hukmi

Shayx Abdulloh ibn Jubrin hafizahulloh shunday deydi: "Agar safardan maqsad, faqatgina, aylanib, yozilib kelish bo`lsa, bu safar makruhdir va fitna va xatarlarning ko`pligi sababli bu safarga chiqmaslik kerak. Agar maqsad da`vat, ta`lim, Islom dinini yoyish, nasihat yo`llash bo`lsa, bizningcha bu safar mustahabdir. Va Islom an`analarai va go`zallilarini k`orsatish, Islomdan chiqqan va Islomga muxolif bo`lgan kishilarga raddiya berish uchun chiqilgan safar savoblidir.

Agar safar tijorat va sarmoyani o`stirish uchun bo`lsa, dinni izhor qilish va Islom ta`limotlariga mala qilish sharti bilan karohiyatsiz joizdir. Biroq, safaringizda Islom ta`limotlariga amal qila olmasangiz, masalan: soqollarni qirish, namozlarni jamoat bilan o`qimaslik, jamoat bo`la turib ozon va takbirni aytmaslik, ba`zi shar`iyishlardan voz kechish yoki mushriklar qilayotganidek qabrlarga ibodat qilish kabi ishlarni qilsangiz yoki qabrlarga atab hayvon so`ysangiz, bu safaringiz, garchi tijorat uchun bo`lsada, haromdir" (al-Mufiyd fiy taqribi ahkamil-musafir": 119).

 

Kofirlar yashayotgan o`lkalarga safar qilishning oqibatlari

Shayx Abdulaziz ibn Boz (rahimahulloh) shunday dedi: "Alloh ta`olo: "(Kofirlar) sizlarni, agar qodir bo`lsalar, iningizdan qaytargunlariga qadar sizlarga qarshi urush qiladilar"- dedi. Kofirlarning musulmonlarga qarshi dushmanliklarini baton qilgan oyatlar juda ham ko`p. Bu oyatlardan maqsad, kofirlar musulmonlarga qarshi bo`lgan maqsadlariga e`rishish uchun imkonlarida bo`lgan barcha yo`llarga kirib ko`radilar. Ularning bu to`g`rida xilma-xil uslublari, oshkor va yashirin metodlari bor. Bulardan biri, ba`zi sayohat va turizm muassasalari ta`til kunlari musulmnolarning farzandlari ta`tillarini Evropa va Amerika qit`alarida til o`rganish ma`qsadi bilan o`tkazishlariga da`vat qiladigan nomalar tarqatib, sayyohlarning barcha vaqtlari uchun dasturlar tuzmoqdalar. Bu nomalar bir necha xatarli maqsadlarni ro`yobga chiqarishni maqsad qilmoqda. Shulardan:

1. Musulmno yoshlarni adashtirish.

2. Axloqni buzish va fasodning barcha turlari uchun qulaylik yaratish bilan razolat botqog`iga botirish.

3. Musulmonni o`z e`tiqodi haqida shubhalantirish.

4. Kofirlar madaniyatiga bo`lgan muhabbat va hayratni tug`dirish.

5. Musulmonni kofirlarning an`analari va yomon odatlari bilan xulqlanishga odatlantirish.

6. Islom dini hamda Islom odobi va buyruqlariga e`tiborsiz bo`lishga odatlantirish.

7. Ushbu safarlaridan qaytganlari va kofirlarning an`analari va turmush tarzlariga qonganlaridan so`ng, kofir o`lkalarga sayohat qilish uchun musulmon yoshlarni safarbar qilish.

Men o`quvchilarning yaqinlariga o`z farzandlarini himoya qilishlari, yuqorida eytib o`tganimdek, dinlari, axloqlari va vatanlariga zararli bo`lgan fasodlar va zararlar bo`lgani uchun kofir o`lkalarga safar qilishlariga ruxsat bermasliklariga nasihat qilaman" (Dalilul-musafir": 52, 53).

Har kim e`kkanini o`radi

Jigarpora o`g`illari va qizlarini gunohlar o`lkasiga safar qilishga o`rgatgan kimsaning holiga voylar bo`lsin! Ularning farzandlarining asosiy vazifalari safar qilish bo`lib qoldi. Ta`til kunlari kelmaydi hamki, ular ota-onalarini savollarga ko`mib, kofir o`lkalarga safar qilishga ishtiyoqlari ortmoqda.

Hoy siz farzandlarining qalbini gunohlar o`lkasiga safar qilishga o`rgatgan kimsa, yoshingiz qarib, farzandlaringizdan ajratib qo`yadigan kasallikka mubtalo bo`lsangiz va ular sizni tashlab ketsalar, bu dunyo e`kkan narsalaringizni o`zingiz o`rib olasiz! Oxiratda e`sa Allohning huzurida sizni: "Har biringiz etakchi qo`li ostidagi kimsalardan javobgar e`di"- deb so`roqqa tutilgan paytda, javobingiz farzandlaringizni chiroyli tarbiya qilishda sustlik qilganingizdan boshqasi bo`lmaydi. Oxiratda o`radigan narsangiz rasululloh sollallohu alayhi sallamning: "Kishining martabasi qiyomat kunida yuksaladi va u: "Bu menga qanday berildi"- deb so`raydi. Unga: "Farzandingning senga qilgan istig`fori sababli"- deb javob beriladi"- deb aytgan so`zlaridan ziyon ko`rgan kishi bo`lishingizdir.

Zimmasiga omonat qo`yilgan narsasiga rioya qilgan kishining qilgan narsalarining hosilini naqd ko`rgan paytlarida tabriklar bo`lsin!

Bu so`zlar faqaygina xotin-qizlar uchun

Ayollardan biri tayyuoraga chiqib, hijobini chiqardi. Unga bir do`stimiz hijobini chiqarmaslik haqida nasihat qilganida: "Tayyorada ham otin oyi bo`laymi?!"- dedi.

Singlim, bu ayol nega hijob liyganini bilibdimi? U hijobni odat va o`zi mansub bo`lgan jamiyatning odatlariga bo`yinsunish hamda bu jamiyatdan ajraganim zamon hijobni echa olaman, deb o`ylamoqda.

U rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: "Ummatimning ikki toifasi jahannamdaddir va men ularni k`ormadim.... va yarim yalang`och, boshqalarni o`ziga jalb qiladigan, e`shilib yuradigan, boshlari tuyaning e`gilgan o`rkachlari kabi ayollar. Ular jannatga kirmaydilar  va jannatning hidini ham bilmaydilar. Holbuki, jannatning hidi falon, falon masofadan kelib turadi" (Imom Muslim rivoyati)- deb aytgan hadislarida nazarda tutgan ayollardan e`kanini biladi. Biroq, uning barqarorligi bo`lmaydi.

Singlim, siz hijoblanishingiz kerak. Chunki, sizni yaratgan va sizga rizq bergan Alloh ta`olo: "Hoy payg`ambar, rafiqalaringiz, qizlaringiz va mo`minlarning rafiqalariga ayting, julboblarini ustlariga tashlasinlar" (Ahzob:59)- deb amr qilmoqda. (Julbob - ayollarning boshlari, kuraklari va elkalarini o`rab turadigan katta ro`mol).

Siz har erda hijoblanishga buyurilgansiz. Chunki, siz qaerga ketmang Allohning mulkidasiz. Modomiki, Allohning mulkida e`kansiz, uning amrlariga itoat e`tishingiz kerak.

Xotin-qizlarning mahramsiz safarga chiqishlari

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam xotin-qizlarni mahramsiz safar qilishlarini ta`qiqladilar. Abdulloh ibn Mas`ud raziyallohu anhu dedi: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Ayol o`z mahrami bilangina safar qilsin. Ajnabiy e`rkak (begona) ayolning huzuriga mahrami bo`lsagina kirsin" (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati)

Musulmonlarning kirishlari ta`qiqlangan yerlar

(Teatr, e`rkak va xotin-qizlar aralashib yuradigan yerlar, qahvaxonalar, kino ...)

Agar siz bu yerlarning biriga kirmoqchi bo`lsangiz, kirishdan avval o`zingizga ushbu sabvollarni berib ko`ring:

- siz u yerda sizga Alloh ta`oloni e`slatadigan yuzlarni ko`rasizmi?

- siz u yerda turganingizda boshingizga o`lim kelishini hohlaysizmi?!

- farzandingiz u yerlarga kirsa sizga yaxshilik qilish va itoatni o`rganadimi?

- farzandingiz u yerlarga kirsa fazilat va chiroyli axloqni o`rganadimi?!

- amal nomalaringizga sizning o`sha yerlarga kirganingiz yozilishini yaxshi k`orasizmi?!

Sizning o`ng va chap taraflaringizda amallaringizni yozib turadigan kotiblar borligini unutmang!

Keyin e`sa Alloh ta`oloning: "Darhaqiqat, quloq, ko`z va qalb: bularning barchasi haqida so`raladi" (Isro`: 36) oyatini e`slatmoqchiman.

Mast qiluvchi ichimliklarni ichish va giyohvandlik moddalarini iste`mol qilish

Safarga otlangan do`stim, barcha iflosliklarning onasi va razolatga etaklovchi mast qiluvchu ichimliklarga yaqinlashmang va Alloh ta`oloning: "Hoy mo`minlar, aro`, qimor, tosh va yoylar bilan fol ochish, Shaytonning ishlaridan bo`lgan ifloslikdir. Undan uzoq bo`lingar, shoyad najot topsangizlar" (Moida: 90) oyatini e`slang.

Mast qiluvchi ichimliklrani ichishga mukkasidan ketishga e`htiyot bo`ling. Chunki, uning boshlanishi birinchi qadahdir!

- Siz rasululloh sollallohu alayhi va sallamning tillarida la`natlanishni hohlaysizmi?!

- Siz so`roqqa tutilgan paytda rasululloh sollallohu alayhi va sallam mast qiluvchi ichimliklarni ichgan kishilar uchun va`da qilgan "tiynatul-hibal" ga toqat qila olasizmi? Sahobalar: "Tiynatul-hibal" nima deb so`raganlarida, rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "U jahannam ahlining tomiri yoki jahannam ahlining yiringlari"- deb javob berdilar (Imom Muslim rivoyati).

Qimor

 Pul banknotlarini olib, axlat idishlariga otgan kishini ko`rgan vaqtingizda, uning aqlsiz e`kanida shubha qilmaysiz. Menimcha, siz mening fikrimga qo`shilsangiz kerak. Chunki, u odam pullarning qiymati va foydasini bilmaydi. Bilingki, shu toifadagi k`plab odamlar bor. Ular o`zlarining butun aqllari bilan shu yo`ldan foydalanadilar. Balki, bundan lazzat oladilar.

Qimor o`ynayotganlar shu toifadan e`masmi?

Yo`qm ular bundan ko`ra aqlsizroqdirlar. Chunki, ular mol zarari va oxirat jazosi o`rtasini dunyoning safohati va oxiratning azobi o`rtasini birlashtirmoqdalar... Alloh bizlarga bu boyliklarni o`ta muhim vazifani o`tash va bu dunyoda ozuqa bo`lishi uchun berdi. Nahotki, biz shunchalar loqayd bo`lsak!!

Bu so`zlar aqllilar uchun

Siz falonchi  e`rkak va ayol xonandalarning qo`shiqlarini tinglaysiz. Menimcha, sizga qo`shiqlarni tinglash harom e`kanini bayon qilishimga hojat bo`lmasa kerak. Chunki, Alloh ta`olo shunday degan: "Ba`zi odamlar bilimsiz ba`zi behuda so`zlar (qo`shiqlar) ni Allohning yo`lidan adashtirish va masxara qilish uchun sotib oladi. Ularga xo`rlovchi azob bordir" (Luqmon:6).

Rasulullohu sollallohu alayhi va sallam: "Ummatimning ichidan zino, aroq va cholg`u asboblarini halol sanaydigan kimsalar chiqadi"- dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Siz mening: "Barcha qo`shiqlar sevgi, mahbubaga etishish va zinoga yo`llaydi"- desam so`zlarimga qo`shilasizmi?!

Do`stim, siz qo`shiqlarni e`shitgandan so`ng, ishsiz odamning ish uchun shoshilganini ko`rdingizmi?

Do`stim, siz o`z ota-onasiga oq bo`lgan kimsaning qo`shiqlarni e`shitganidan so`ng, ota-onalariga yaxshilik qilganini e`shitdingizmi?!

Dostim, siz darslarida qoloq bo`lgan o`quvchining qo`shiqlarni e`shitganidan so`ng muvaffaqiyatga e`rishganini e`shitdingizmi?!

Allohga osiy bo`lgan kimsaning qo`shiq e`shitganidan so`ng tavba qilib, gunohlardan voz kechganini e`shitdingizmi?

Xonandalarning ishlari asosiga barpo bo`lgan biron bir xalqni k`ordingizmi?!

Song...

Sizning bu safaringizdan maqsad nima?

Agar haqiqatan ham bu safaringizdan sovuq mintaqalar, jozibali manzaralar va yam-yashil yerlarni niyyat qilgan bo`lsangiz, Allohga hamdlar bo`lsinki, aziz diyorimizda ham bunday joylar ko`p. Agar nayyatingizda sodiq bo`lmasangiz, shoirning ushbu so`zlariga quloq soling:

Gunohu ma`siyat-la quvondingmi?

Dahshatli qiyomatni unutdingmi?

Goho: "Bo`sh vaqtim va ta`tilimni qayerda o`tkazsam e`kan"- deb deb savol berib qolarsiz.

Do`stim, ba`zi odamlar ta`tilni o`yin-kulgu vaqti, uni tartiblash va undan foydalanich ta`til nizomiga to`g`ri kelmaydi, deb o`ylaydilar.

Do`stim, ularning vaqtni muammo va intiqom deb tushunishlarida men bilan hamfikrmisiz?

Do`stim, bu dunyodagi umringiz daqiqa va soniyalardan iborat. Buning ma`nosi e`sa, ketgan har bir daqiqa sizni dunyodan uzoqlashtirib, oxiratga yaqinlashtirmoqda. Foydasiz ot`ayotgan har bir daqiqa e`sa, siz uchun ziyon va halokatdir... goho siz ba`zi mollaringizda zarar ko`rsangiz, keyin qaytarib olishingiz mumkin. Goho bir narsani yo`qotsangiz, uni qayta topib olishingiz mumkin. Biroq, o`tkazgan vaqtingizni hech qachon qaytarib ololmaysiz!!

Nega siz bu vaqtlarni:

- Qur`on o`qish va yodlangan oyatlarni takrorlash;

- solih kishilar, qarindosh-urug`lar, qabrlar va kasalxonalar (qaroyalar uyi, nogironlar uyi) ni ziyorat qilish;

- Alloh uchun da`vat qilib qishloq va nohiyalarga chiqish;

- yordamlarni etkazish uchun faqir o`lkalarga safar qilishda o`ykazmaysiz?!

Musofirlar uchun muhim yo`llanmalar

1. Istixora qiling (Alloh ta`olodan yaxshilikni so`rang).

Chunki, Alloh ta`olo o`zidan yaxshilkini so`ralgan paytda tinchlik va omonlikni beradi.

2. Safarga chiqish niyyatingiz aniq bo`lsa, tavbadan boshlang.

Odamlardan qilgan zulmingiz uchun kechirim so`rang. Zimmangizdagi qarzlarni bering. Bera olmasangiz, qarz bergan odamdan safarga chiqisg uchun izn oling.

3. Ota-onangizning roziliklari va safarga chiqishingizga bo`lgan iznlarini so`rang.

4. Hamrohlaringiz uchtadan kam bo`lmasin.

  Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning safarlaridagi odatlari va yo`llanmalari

Risolamizning so`nggida rasululloh sollallohu alayhi va sallamning safardagi odatlaridan ba`zi iqtiboslarni ketirmoqchimiz.

Rasululloh sollallhou alayhi va sallamning safarlari to`rt turli e`di: hijrat, jihod (ko`proq safarlari), umra va haj safarlari;

- safarga payshanba kuni e`ratalab chiqish;

- safar uchun hozirlangan ulov (yoki transport( ga minilganidan so`ng duo qilish, balandliklarga ko`tarilar e`kan takbir, balandlikdan pastga tushar e`kan tasbih aytish;

- safardan k`ozlangan maqsadlarga e`rishilganidan so`ng orqaga tezda qaytish va uyga tunda kirmaslik;

- safarga chiqilgan to`rt rakaatli namozlarni qasr qilib o`qish, ramazon oyida og`izning ochiq bo`lishi.

Xorijga safar qilayotgan kishilar uchun muhim fatvolar

Savol: Kofirlar diyoriga yoki fasod va gunohlar ochiq yoyilgan musulmonlar o`lkasiga safar qilayotgan ba`zi kimsalar rafiqalarining yuzlarini, ba`zida sochlarining bir qismini: "Bu yerda bizni hech kim tanimaydi" degan mulohaza bilan ochilishiga e`tibor bermaydilar. Agar ularga nasihat qilinsa: "Agar rafiqam to`la o`ranib olsa, odamlarning diqqatini tortadi"- deydi. Buning Islom dinidagi hukmi nima?

Javob: Uning ishi xato va johillikdir. U, garchi begona yurtlarga bo`lsa ham, rafiqasiga yuzi, sochlari, oyoqlari va boldirlarini ochmaslikka, balki, u yerlarni o`rashga buyurishi kerak. Safarga chiqishi uni rafiqasini o`ranishga va imkoni qadar hijoblanishga buyurishdan to`smasligi kerak. Biroq, ba`zi davlatlarda, hatto, islom davlatlarida ham, hijobli xotin-qizlarni ta`lim olishlariga hijobli bo`lganlari uchun mone`lik qilmoqdalar. Hijoblilarni har yerda yomon qilib ko`rsatmoqdalar. bu davlatlardagi hijobli xotin-qizlar yuzlarini yoki yuzlarining ba`zi qismlarini zarurat paytida ochishlari mumkin. Biroq, butunlay hijobni tashlashga haqlari yo`q.

Shayx Abdulloh ibn Abdurrahmon Jubrin.

Savol: Ba`zi oilalalr madaniyat va taraqqiyotni da`vo qilib, qizlarini xorijga tanho yuboradilar. Buning Islom dinidagi hukmi nima?

Javob: Bu hech ham joiz e`mas. bu gunohlar oldidagi g`ayrat va rashklar qaerda? Ular qizlarini hamiyati bo`lmagan kofir e`rkaklar tarbiya qilib berishi uchun jo`natayaptilarmi? Unday otalar qizlaridan mas`ul e`kanlarini unutmasinlar! Agar qiz yolg`iz o`zi ketmoqchi bo`lsa, uning bu ketishi haromdir. Chunki, u mahramsiz ketmoqda. U ajnabiy e`rkaklar qo`lida hayosizlik, undan yoki u bilan fitnalanish kabi fitnalar bilan yuzlashishi mumkin. Bundan tashqari qizning o`zi ham shubhalar fitnasidan o`zini himoya qila olmaydi.